Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston milliy jamoasi o‘rtoqlik bahsida Kamerunni mag‘lub etib, g‘alabali seriyasini 7ta o‘yinga yetkazdi
Foto: O‘FA
Janubiy Koreyada yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2022 qatnashchisi sanalgan Kamerun bilan o‘rtoqlik bahsini o‘tkazib, har ikki bo‘limda bittadan gol urib ishonchli g‘alabaga erishdi.
Birinchi bo‘limda Eldor Shomurodovning uzatmasidan so‘ng Hojimat Erkinov hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Odil Hamrobekovning uzatmasini Oston O‘runov golga aylantirdi.
Shu tariqa Srechko Katanets jamoasi ketma-ket 7-g‘alabani qo‘lga kiritdi. «Oq bo‘rilar» 2022 yildagi barcha o‘yinda g‘olib bo‘lishdi.
O‘zbekiston 27 sentabrda mundialda qatnashadigan yana bir jamoa Kosta-Rika bilan bahs yuritadi.
O‘rtoqlik o‘yini
O‘zbekiston — Kamerun 2:0
23 sentabr. «Goyang» stadioni
Gollar: Hojimat Erkinov (25), Oston O‘runov (77).
O‘zbekiston: O‘tkir Yusupov, Rustam Ashurmatov (Abdulla Abdullayev, 66), Umar Eshmurodov, Husniddin Aliqulov, Farrux Sayfiyev, Otabek Shukurov, Odil Hamrobekov, Hojiakbar Alijonov, Oybek Bozorov (Shahboz Umarov, 59), Eldor Shomurodov (Igor Sergeyev, 87), Hojimat Erkinov (Oston O‘runov, 59).
Kamerun — Andre Onana, Nikolya Nkulu, Jan Sharl Kastelletto (Kristofer Vux, 46), Enso Ebosse, Olive Ncham (Jan Emil Onana, 74), Nuxu Tolo, Jorj Manjyek (Malong Kunde, 63), Kollins Ngoran Fai, Moumi Bris Ngamaleu (Mbida Nkudu, 74), Vensan Abubakar (Jan-Per Nsame, 74), Brayan Mbeumo.
Ogohlantirishlar: Otabek Shukurov (53), Jorj Manjyek (62), Kristofer Vux (82), Oston O‘runov (87).
Mavzuga oid
22:55 / 01.12.2025
Superkompyuter O‘zbekistonning JCh-2026 g‘olibi bo‘lish imkoniyatiga baho berdi
23:12 / 25.11.2025
O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2026 qur’asida uchinchi savatdan joy oldi
21:14 / 21.11.2025
O‘zbekistonda 2026 yilda FIFA Series futbol turniri o‘tkaziladi
22:28 / 19.11.2025