Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva AQSh prezidentining maxsus vakili bilan uchrashdi
Serjio Gor bilan bo‘lgan uchrashuvda savdo sohasida ochilayotgan imkoniyatlarga e’tibor qaratildi, jamoat xavfsizligi borasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor va Davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Ta’kidlanishicha, AQSh ma’muriyatining yuqori martabali vakillari O‘zbekistonda so‘nggi 8 yil davomida prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarning shiddati va jadal sur’atini qayd etdi.
«Biz mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo sohasida ochilayotgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratdik. Jamoat xavfsizligi borasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdik. Bunday uchrashuvlar tomonlarning salohiyatini yaxshiroq tushunish va ro‘yobga chiqarish imkonini beradi. Zero, mamlakatimiz o‘zining ochiqlik siyosati bilan ta’lim, madaniyat, iqtisodiyot va boshqa ko‘plab sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda tobora ko‘proq hamkorlarni jalb etmoqda», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.



