Iqtisodiyot | 14:11 / 27.10.2025
1762
1 daqiqa o‘qiladi

Sanoatda eng katta ulushni oziq-ovqat tarmog‘i egalladi

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabr holatida O‘zbekistonda 57,8 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Shular ichida eng ko‘p korxona oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida jamlangan.

Foto: 123RF

O‘zbekistonda sanoat sub’yektlari soni 57,8 mingtaga yetdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tarmoqlar kesimida korxonalar quyidagicha taqsimlangan bo‘lib, yetakchi o‘rinni oziq-ovqat sanoati egallamoqda:

  • oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish — 11,5 mingta (taxm. 20 foiz);
  • boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish — 8,2 mingta (taxm. 14 foiz);
  • kiyim ishlab chiqarish — 5,8 mingta (taxm. 10 foiz);
  • tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish — 4,7 mingta (taxm. 8 foiz);
  • mebel ishlab chiqarish — 4,0 mingta (taxm. 7 foiz);
  • to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish — 3,6 mingta (taxm. 6 foiz);
  • rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish — 2,7 mingta (taxm. 5 foiz).

Qolgan qismi sanoatning boshqa yo‘nalishlariga to‘g‘ri keladi. Ma’lumotga ko‘ra, korxonalar soni bo‘yicha oziq-ovqat tarmog‘i nometall mineral mahsulotlar va kiyim ishlab chiqarishidan oldinda kelmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid