Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq nizolarini ko‘rib chiqish uchun ekspert kengashi ish boshlaydi
Hukumatning 2025 yil 24 oktyabrdagi 672-son qarori bilan Savdo-sanoat palatasi huzurida soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi faoliyatini tartibga soluvchi nizom tasdiqlandi. Kengash tadbirkorlar va soliq organlari o‘rtasidagi nizolarni ko‘rib chiqib, xulosa va takliflar beradi.
Vazirlar Mahkamasining 672-sonli qarori (24.10.2025) bilan “O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi huzuridagi soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Nizom kengashning maqomi, vazifalari va ish tartibini belgilaydi.
Kengashning asosiy vazifalari:
- tadbirkorlik sub’yektlari va soliq organlari o‘rtasida yuzaga kelgan soliqqa oid nizolarni ko‘rib chiqish hamda ular bo‘yicha xulosalar berish;
- soliq qonunchiligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning qo‘llanish amaliyotini o‘rganish, huquqni qo‘llash sifati va barqarorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- soliqqa oid nizolarni ko‘rib chiqish jarayonida biznes hamjamiyati, davlat organlari va tashkilotlar, ilmiy muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatish.
Kengash tarkibi prezident qarori bilan tasdiqlanadi. Kengash majlislari oyiga kamida ikki marta o‘tkaziladi.
Qaror va nizom amalga kirishi tadbirkorlar huquqlarini qo‘llab-quvvatlash, soliq munosabatlarida ochiqlik va xolislikni ta’minlash, shuningdek nizolarni tezkor va samarali hal etishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
15:11 / 04.11.2025
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlar uchun imtiyozlar joriy etildi
17:44 / 27.10.2025
2026 yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoladi
15:05 / 25.10.2025