Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston chegarachilari va toliblar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Otishma Tojikistonning Shamsiddin Shohin tumani va Afg‘onistonning Badaxshon viloyati Shahri Buzurg tumani o‘rtasida joylashgan Dovang qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Otishma qurbonlarga olib kelgan, biroq qurbonlar va jarohatlanganlarning aniq soni hozircha ma’lum emas.
Foto: AFP
Tojikiston va Afg‘oniston chegarasida tojik chegarachilari va «Tolibon» harakati kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi. Hodisa 25 oktabr kuni Shamsiddin Shohin tumanida sodir bo‘lgan, deb xabar berdi Asia-Plus.
Otishma Tojikistonning Shamsiddin Shohin tumani va Afg‘onistonning Badaxshon viloyati Shahri Buzurg tumani o‘rtasida joylashgan Dovang qishlog‘ida sodir bo‘lgan.
Dastlab, mojaroga ikki davlat o‘rtasidagi tabiiy chegara bo‘lgan Panj (Amudaryo) daryosi o‘zanining o‘zgarishi sabab bo‘lgan. Bu masala avval ham tomonlar o‘rtasida tortishuvlarga sabab bo‘lgan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, voqea xorijiy kompaniyalar, jumladan, Xitoy kompaniyalari ishlaydigan oltin qazib olish zonasida sodir bo‘lgan.
Manbalarning ta’kidlashicha, otishma qurbonlarga olib kelgan, biroq qurbonlar va jarohatlanganlarning aniq soni hozircha ma’lum emas. Qaysi tomondan yo‘qotishlar borligiga aniqlik kiritilmagan.
Tojikiston rasmiylari va «Tolibon» vakillari hozircha voqeaga izoh bermadi.
Tojikiston «Tolibon» bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar yo‘qligini rasman e’lon qilgan Markaziy Osiyodagi yagona davlat bo‘lib qolmoqda. Dushanbe Kobul hukumatini inklyuziv hukumat tuzishga va inson huquqlariga rioya qilishga chaqirmoqda.
Siyosiy pozitsiyaga qaramay, Tojikiston va Afg‘oniston o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar va gumanitar hamkorlik davom etmoqda. Afg‘onistonning Dushanbedagi elchixonasini avvalgi hukumat tomonidan tayinlangan diplomat boshqaradi, Xorug‘dagi konsullikni esa Kobulning hozirgi hokimiyati vakili boshqaradi.
Afg‘onistonda Tojikiston elchixonasi va konsulligi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
21:23 / 04.12.2025
Afg‘onistonda 13 yoshli bola qarindoshlarining qotilini 80 000 tomoshabin oldida qatl qildi
20:27 / 02.12.2025
Tojikiston afg‘on chegarasini qo‘riqlash uchun Rossiyadan harbiy yordam so‘radi
19:03 / 02.12.2025
Tojik-afg‘on chegarasida yana ikki xitoylik halok bo‘ldi, Xitoy xavfsizlikni ta’minlashni talab qildi
17:36 / 02.12.2025