Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiya Rossiyaning “Burevestnik” raketasi uchirilganini tasdiqladi
Norvegiya harbiy razvedkasi ma’lumotiga tayanayotgan Reuters’ning yozishicha, RF o‘tgan hafta Novaya Zemlya arxipelagida “Burevestnik” qanotli raketasini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda avvalroq Putin ham bayonot bergan edi.
Norvegiya Rossiyaning cheklanmagan masofaga uchishga mo‘ljallangan, yadroviy qurilmaga ega “Burevestnik” qanotli raketasi sinovdan o‘tkazilganini tasdiqladi. Norvegiya Harbiy razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning “Burevestnik” raketasi o‘tgan hafta Barens dengizida joylashgan Novaya Zemlya arxipelagidan uchirilgan, deb xabar berdi Reuters dushanba, 27 oktyabr kuni.
«Rossiya Novaya Zemlyada uzoq masofaga mo‘ljallangan Skyfall (“Burevestnik”) qanotli raketasining navbatdagi sinov uchirishini o‘tkazganini tasdiqlay olamiz», — dedi Reuters’ga razvedka xizmati rahbari, vitse-admiral Nils Andreas Stensyones.
Bundan oldin Rossiya prezidentining so‘zlarini tasdiqlovchi mustaqil ma’lumotlar yoki “Burevestnik” bo‘yicha G‘arb harbiylarining izohlari keltirilmagan edi.
Kreml saytida strategik hujumkor kuchlarning mashqlari haqida bayonot e’lon qilindi. Unda go‘yoki «strategik yadroviy kuchlarning uchta tarkibiy qismi bo‘yicha o‘quv-jangovar parvozlar bajarilgani» va «kuchli qurol-aslaha namunalari» — cheklanmagan masofaga ega, yadroviy qurilmali “Burevestnik” qanotli raketasi — sinovdan o‘tkazilgani aytildi. Putin “Burevestnik”ni o‘ziga xos ishlanma deb atab, uni qo‘llashning «ehtimoliy usullarini aniqlash» rejalari haqida gapirdi.
O‘z navbatida, RF Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov “Burevestnik” sinovi 21 oktyabr kuni o‘tkazilganini, raketa 14 000 km masofani bosib o‘tganini va taxminan 15 soat havoda bo‘lganini bildirdi. «Raketaning texnik xususiyatlari uni har qanday masofada yuqori darajada himoyalangan obektlarga aniq zarba berish imkonini yaratadi», — dedi u.
AQSh prezidenti Donald Tramp bu bayonotni «noo‘rin» deb atadi. Unga ko‘ra, Putin bundan ko‘ra Ukrainaga qarshi urushni tugatishi kerak. «Bir haftada tugaydi deb o‘ylangan urush to‘rt yildan beri davom etyapti. U aynan shu bilan shug‘ullanishi kerak, raketa sinovlari bilan emas», — deb qo‘shimcha qildi Tramp va AQShning atom suvosti kemalari harakatlari haqida eslatdi.
NATOda Skyfall deb ataluvchi “Burevestnik” raketa loyihasiga o‘n yildan oshiq vaqt bo‘ldi. RF harbiylarining ta’kidlashicha, u dvigatelga o‘rnatilgan kichik yadroviy reaktordan quvvat oladi, bu esa nazariy jihatdan uni bir necha kun havoda ushlab turish mumkinligini anglatadi. Yadroviy tahdidlar bo‘yicha Vashington tashabbusi (NTI)ning 2019 yilgi hisobotiga ko‘ra, Skyfall «yadroviy qurilma olib yuradi, Yer yuzini past balandlikda aylanib uchishi, raketaga qarshi mudofaa tizimlarini aylanib o‘tishi va rel’yefga mos yo‘ldan borishi, so‘ngra oldindan taxmin qilish qiyin bo‘lgan joyga qurilmani uchirishi» mumkin.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026
Sofiya Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarga qarshi chiqdi
08:22 / 19.06.2026