Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google yangilik qilmaydimi? Pixel 10a dizayni internetda tarqaldi
Internetda Pixel 10a smartfonining ilk renderlari paydo bo‘ldi - va to‘g‘risi, dastlabki qarashda o‘zgarishlar deyarli sezilmaydi.
Foto: androidheadlines.com
Android Headlines nashri Google’ning yangi o‘rta toifali modeli haqida birinchi tasvirlarni e’lon qildi. Renderlarda ko‘rsatilgan ko‘k rang manbaga ko‘ra, haqiqiy bo‘lmasligi mumkin.

Tashqi ko‘rinish bo‘yicha katta yangiliklar kutilmayapti: orqa korpus plastikdan, ramkalar esa flagman modellariga nisbatan ancha qalin bo‘lishi mumkin.
Texnik jihatdan smartfon Tensor G4 chipining biroz tezlashtirilgan versiyasida ishlaydi. Google flagmanlar uchun mo‘ljallangan yangi Tensor G5 protsessorini TSMC ishlab chiqarmoqda, biroq u budjet seriyasi uchun qimmat bo‘lishi mumkin.

Pixel 10a taqdimoti 2026 yil boshida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, Google o‘z A-seriyasini yangilashda davom ettiradi, biroq bu safar asosiy urg‘u — quvvat va narxga berilayotganga o‘xshaydi.
Mavzuga oid
23:35 / 28.11.2025
Google Gemini sun’iy intellekt platformasida o‘zbek tili joriy etildi
22:05 / 28.11.2025
ChatGPT odamlarning ma’lumot izlash usulini o‘zgartirdi
12:21 / 12.11.2025
Google Germaniyada 2029 yilgacha 5,5 mlrd yevro investitsiya kiritadi
22:27 / 01.11.2025