Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Serbiya birinchi xonimlari “Imkon” ixtisoslashtirilgan bog‘chasida bo‘ldi
Ziroat Mirziyoyeva va Tamara Vuchich Toshkent viloyati Qibray tumanidagi reabilitatsiya markaziga ega “Imkon” ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif buyurdi. Uchrashuv inklyuziv ta’lim va bolalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlandi.
Foto: O‘zA
Mehmonlarni muassasa mutaxassislari kutib olib, alohida parvarishga muhtoj bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirdi. “Imkon” markazi tarkibida bolalar bog‘chasi, logopedik va psixologik yordam, shuningdek, tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.

Tanishuv davomida Ziroat Mirziyoyeva va Tamara Vuchich bolalar, tarbiyachilar hamda ota-onalar bilan suhbatlashdi. Birinchi xonimlar bunday muassasalar inklyuziv jamiyatni mustahkamlash, bolalarning ta’lim va ijtimoiy hayotga to‘liq jalb etilishida muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

O‘zbekiston birinchi xonimi inklyuziv ta’limni rivojlantirish — bolalar huquqlarini himoya qilishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini qayd etdi. Serbiya prezidentining rafiqasi esa O‘zbekistonda alohida parvarishga muhtoj bolalarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan katta taassurot olganini bildirib, markaz faoliyatini yuqori baholadi.



Mavzuga oid
22:45 / 28.10.2025
O‘zbekiston va Serbiya Birinchi xonimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
10:04 / 25.09.2025
Ziroat Mirziyoyeva: ikki milliarddan ziyod bolalar yuqumli bo‘lmagan kasalliklar xavfi ostida yoki ulardan aziyat chekmoqda
21:27 / 23.09.2025
Ziroat Mirziyoyeva Nyu-Yorkdagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi
23:20 / 09.06.2025