Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AI-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 100 mln dollar ajratiladi
2025 yil 30 oktyabrda qabul qilingan qarorga muvofiq, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sun’iy intellekt (AI) texnologiyalariga asoslangan ustuvor hamda startap loyihalarni moliyalashtirish kengaydi. 2026–2027 yillarda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan qo‘shimcha 100 mln dollar yo‘naltiriladi.
Prezidentning «Sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Hujjatning asosiy maqsadi — AI yechimlarini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlariga tezkor joriy etish, startap ekotizimini rag‘batlantirish va venchur moliyalashtirishni kengaytirish.
Qarorga binoan, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 2026–2027 yillarda qo‘shimcha 100 mln dollar ajratiladi. Shundan:
• 50 mln dollar — davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga AI texnologiyalarini joriy etish uchun beg‘araz asosda;
• 50 mln dollar — teng ulushlarda «Fondlar fondi» va «IT Park Ventures» venchur jamg‘armalari ustav kapitaliga jamg‘armaning ulushi sifatida kiritilib, AI-loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Ajratiladigan mablag‘lar «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan taqsimlash tartibida boshqariladi.
Mavzuga oid
19:07 / 21.01.2026
Sun’iy intellektdan eng ko‘p foydalanadigan mamlakatlar aniqlandi – O‘zbekiston so‘nggi o‘rinlarda
18:12 / 21.01.2026
Shaxsga doir ma’lumotlarga sun’iy intellekt yordamida noqonuniy ishlov berganlik uchun javobgarlik belgilandi
20:30 / 24.12.2025
Yozuvchilar eng yirik sun’iy intellekt platformalarini sudga berdi
19:45 / 07.11.2025