O‘zbekiston | 23:15 / 01.11.2025
10901
2 daqiqa o‘qiladi

Birinchi qor qachon yog‘adi?

Noyabr oyi sovuqroq va quruq o‘tishi kutilyapti. Oy davomida kamida 3 ta sovuq antitsiklon keladi. Buning ta’sirida shu oyning o‘zidayoq birinchi qorga guvoh bo‘lamiz. Shu bilan birga changli havo tez-tez kuzatiladi. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimshunos Erkin Abdulahatov.

Favqulodda quruq o‘tgan oktyabrdan so‘ng, tabiiyki noyabr oyida yog‘ingarchiliklar ko‘proq kuzatiladi. Shunga qaramay kuzning so‘nggi oyi ham respublikaning katta qismida quruq o‘tishi oydinlashmoqda.

Ayrim tog‘oldi tumanlari aholisi va Orol dengiziga yaqin hududda istiqomat qiluvchi aholi oyning 3-5 sanalarida nam havo oqimlaridan kelib chiqadigan, mavsum uchun ilk qor yog‘ishi hodisalari guvohi bo‘lishi mumkin.

Joriy oyning har o‘n kunligi o‘rtalarida mintaqaga sovuq antitsiklonlarning kirib kelishini prognoz qilish mumkin. Shu bois O‘zgidromet oylik havo harorati ko‘plab hududlarda me’yordan 1, 1,5 daraja past, ya’ni sovuq bo‘lishini taxmin qilgan.

Qishloq xo‘jalik maydonlari uchun ilk sovuq urish hodisasi prognozini biz iyul oyidagi dasturlarda aytib o‘tgan edik. Bu taxmin hozir ham o‘z kuchida.

Шокир Шарипов
Muallif Шокир Шарипов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid