Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariya RFga qaratilgan sanksiyalar sabab yonilg‘i eksportini to‘xtatdi
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati «Rosneft» va «Lukoyl»ga nisbatan sanksiyalar joriy etgani sharoitida Bolgariyada neft mahsulotlari tanqisligi yuzaga kelishi mumkin va mamlakat dizel hamda aviatsiya yonilg‘isi eksportini, shu jumladan YeIning boshqa davlatlariga chiqarishni ham vaqtincha to‘xtatmoqda.
Foto: Joko/Bildagentur-online/picture alliance
Bolgariya parlamenti kelgusida ushbu yonilg‘i turlari yetishmovchiligining oldini olish maqsadida 31 oktyabr kuni mos qaror qabul qildi, deb xabar berdi dpa agentligi.
Dpa eslatishicha, Bolgariyaning Burgas shahri yaqinida «Lukoyl–Neftoxim» neftni qayta ishlash zavodi joylashgan. Bundan tashqari, Rossiya kompaniyasi mamlakatda yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini ham boshqaradi. Sanksiyalar uning Bolgariyadagi barcha aktivlariga taalluqli.
Hukumat koalitsiyasi deputatlari mamlakatdagi yonilg‘i zaxiralari bir necha oyga yetishiga kafolat berdi, deb yozadi dpa. Eksportni to‘xtatish haqidagi qonun loyihasini 135 deputat qo‘llab-quvvatladi, 4 nafari qarshi chiqdi, 42 nafari betaraf qoldi.
Bolgariya Yevroittifoqning 2027 yil oxiriga borib Rossiya gazi eksportidan voz kechish rejasini qo‘llab-quvvatlagan. Shu bilan birga, aynan uning hududidan YeIga Rossiya gazini yetkazib beruvchi so‘nggi quvur — «Turk oqimi» — o‘tadi. Bu esa, 2025 yil sentabr oyi oxirida Politico yozganidek, Vengriya va Slovakiya Rossiyadan gaz xarid qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lishini anglatadi.
Mamlakat energetika vaziri Jyecho Stankovning aytishicha, 2028 yil 1 yanvariga borib Yevropada Rossiya gazidan foydalanish butunlay to‘xtatiladi. Undan bir necha kun oldin, BMT Bosh Assambleyasining yig‘ilishida Donald Tramp Yevropani Rossiya energiya manbalari xaridini to‘xtatishga chaqirganidan keyin, Bolgariya bosh vaziri Rosen Jyelyazkov ham Sofiya YeI qarorlariga qo‘shilib, «qisqa muddatda Rossiya tabiiy gazidan foydalanish yoki uning tranziti bo‘yicha shartnomalarni bekor qilish»ga tayyorligini ma’lum qilgan edi.
Mavzuga oid
14:35
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40