Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda ikkita tumanga yangi hokim tayinlandi
Shohrux Boltayev Karmana, Alisher Rashidov Navbahor tumani hokimi etib tayinlandi. Bugungacha ushbu tumanlarga rahbarlik qilib kelgan Valijon Adizov hamda Azamat O‘roqov o‘z arizalariga asosan lavozimidan ozod etilgan.
Navoiy viloyatida ikkita tumanga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun Karmana va Navbahor tumanlarida mahalliy kengash sessiyalari o‘tkazilgan. Ularda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov ishtirok etgan.
Karmana tumaniga Boltayev Shohrux Shavkatovich hokim etib tayinlangan.

Bunga qadar u Karmana tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Shohrux Boltayev 1988 yilda Qiziltepa tumanida tavallud topgan. 2012 yilda Navoiy davlat pedagogika institutini, 2021 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
2024 yil yanvaridan buyon tumanga rahbarlik qilib kelgan Valijon Adizov o‘z arizasiga asosan lavozimidan ozod qilingan.
Navbahor tumani hokimi lavozimiga Rashidov Alisher Abdurazzoqovich tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Navoiy viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Alisher Rashidov 2000 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini tamomlagan. 2006 yilda Toshkent Davlat agrar universiteti qoshidagi qishloq xo‘jalik korxonalari rahbarlarni tayyorlash va kadrlar malakasini oshirish markazi hamda 2012 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va Jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.
Navbahor tumani hokimi lavozimida 2022 yil may oyidan buyon Azamat O‘roqov ishlab kelayotgandi. Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati rahbarining Kun.uz’ga bildirishicha, u ham o‘z arizasiga asosan lavozimidan ozod qilingan.
Mavzuga oid
09:59 / 26.11.2025
Xitoy kompaniyasi Navoiyda atmosferaga zaharli chiqindilar tashlashni kamaytirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshiradi
18:52 / 10.09.2025
Navoiyda fuqarolarni Ukrainaga qarshi urushga yollash orqali pul ishlamoqchi bo‘lgan shaxs ozodlikdan mahrum qilindi
16:59 / 23.06.2025
“Yasalgan” jinoyat: Navoiyda ikki qiz IIB “rezultati” uchun qamoqqa tiqildi
22:18 / 14.05.2025