Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron prezidenti o‘z maoshini maktab qurilishiga o‘tkazdi
Mamlakatda «Maktab qur» milliy kampaniyasi boshlandi va davlat rahbari bu borada tashabbus ko‘rsatdi.
Foto: Getty images
Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon o‘z maoshini maktablar qurish bo‘yicha milliy kampaniya hisobiga o‘tkazdi va 48 soatdan kamroq vaqt ichida va’dasini bajardi. Bu haqda SNNTV nashriga Maktablarni ta’mirlash, rivojlantirish va jihozlash milliy tashkiloti rahbari Rizo Xonmuhammadiy ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident 30 oktabr kuni qurilish sohasi vakillari va homiylar bilan uchrashuvda mablag‘ kiritishga va’da bergan. O‘tkazma 1 noyabr kuni amalga oshirildi, bu rasmiy depozit xati bilan tasdiqlandi.
Mas’ud Pizishkiyon 2024 yil iyul oyi boshida Eron prezidenti bo‘lgandi. Siyosiy faoliyatidan oldin u Tabriz tibbiyot fanlari universitetini boshqargan kardiojarroh bo‘lib ishlagan.
«Maktab qur» milliy kampaniyasi Eronda kuzda boshlangan edi. Prezident shunda bir oylik maoshini ta’lim muassasalari qurilishiga o‘tkazishini ma’lum qilgandi. Aksiya fuqarolarni maktablarni qurish va ta’mirlashda ishtirok etishga - ham moliyaviy, ham boshqa yordam shaklida jalb qilishga qaratilgan.
Eron prezidentining oylik maoshi haqida rasmiy manbalarda ma’lumot yo‘q. Ammo 2024 yilda Pizishkiyon oyiga 600-700 mln riyol maosh olishini aytgan, bu taxminan 15 ming AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
10:40 / 04.12.2025
Maktab va bog‘chalar qurilishini moliyalashtirish mahalliy budjetlarga o‘tkaziladi
23:44 / 28.11.2025
Eron futbol bo‘yicha jahon chempionati qur’asini boykot qilmoqchi
11:12 / 28.11.2025
Dunyodagi urushlar va O‘zbekiston: “Geosiyosat”da talabalar bilan suhbat
20:41 / 24.11.2025