Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Men g‘alaba qozondim»: saratonni yengib o‘tish tarixi
Ravshan Tolipov 68 yoshda. 2021 yilning yozi uning hayotida sinovli davr bo‘ldi. Unga jiddiy tashxis qo‘yildi va bu – saraton edi.
Bir qarashda oddiy muammo...
2021 yil 17 avgust kuni Ravshan aka qulog‘i yonida joylashgan kichkinagina xolidan qon ketayotganini payqaydi. Tezda dermatologga boradi. Mutaxassis tekshiruvidan so‘ng Toshkent shahar onkologiya shifoxonasiga yo‘llanma oladi. U yerda dastlabki tashxis — teri melanomasining birinchi bosqichi tashxisi qo‘yiladi. Biroq shifokorlar aniq xulosa uchun o‘smaning o‘zi olib tashlanib, gistologiya tekshiruvi o‘tkazilishi lozimligini aytishadi.
Shifo izlab
25-avgust kuni Toshkent viloyati onkologiya shifoxonasida operatsiya bo‘lib o‘tdi. O‘sma olib tashlandi va namuna bir nechta laboratoriyaga yuborildi. 27 avgustda laboratoriyadan javob keladi: tashxis tasdiqlandi — yomon turdagi teri melanomasi. Ammo kasallik qay bosqichda ekanini aniqlash uchun kerakli asbob-uskunalar O‘zbekistonda yo‘q ekan. Tekshirtirish uchun namunani chet elga yuborishdi. Birinchi navbatda parafin bloklar Hindistonga jo‘natildi, ammo 35 kundan so‘ng kelgan javobda analiz uchun namunalar yetarli emasligi aytiladi.

Shundan keyin oila a’zolari Germaniya, Isroil, Hindiston va Turkiya klinikalari imkoniyatlarini o‘rganib chiqib, Turkiyaning Istanbul shahridagi Anadolu klinikasini tanlaydilar. Chunki klinikaning AQShdagi Johns Hopkins klinikasi bilan hamkorligi, xalqaro standartlarga amal qilishi va bemorga individual yondashuvi yo‘lga qo‘yilganligi e’tiborligini tortadi. Bundan tashqari har bir izohlar bilan tanishib chiqadilar va ijobiy ma’lumot oladilar.
Turkiyadagi sinovlar
2021 yil 11 oktyabr oyida bemorni Turkiya Anadolu klinikasi onkologi Sinan Karaaslan qabul qiladi. MRT va PET-KT natijalariga ko‘ra, limfa tugunlarini tekshirish uchun biopsiya tavsiya etiladi.

18 oktyabrda ikkinchi amaliyot o‘tkaziladi, ammo orada o‘tgan vaqt bemorning foydasiga qarshi ishlagan – vaziyat ancha jiddiylashgan edi. Lekin shifokorlar kechikmay qaror chiqaradi: bo‘yin limfodisseksiyasi o‘tkaziladi va bemorda jami 23 limfa tuguni olib tashlanadi. Shundan keyin bir yillik terapiya ishlari, har 3 oyda nazorat tekshiruvlari boshlanadi.
Biroq 2022 yil iyunda yangi muammo aniqlanadi — Ravshan akada parotid beziga saraton xujayralari tarkaganligi sababidan yana bir amaliyot amalga oshiriladi. Shundan keyin shifokorlar davo usulini o‘zgartiradi: target terapiya o‘rniga immunoterapiya boshlanadi. U har 21 kunda bir marta, bir yil davomida amalga oshiriladi.

Umid va inson irodasi
Ravshan Talipovning so‘zlariga ko‘ra: «Hozir men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Har yarim yilda Anadolu klinikasida tekshiruvdan o‘taman, hech qanday og‘riq yoki shikoyat yo‘q. Eng muhimi — chekinmaslik. Hatto og‘ir tashxis ham insonni hayotdan voz kechishga majbur qilmasligi kerak. Zamonaviy tibbiyot mo‘jizalar yaratadi. Faqat ishonch, iroda va sabr bo‘lsa bas.
Onkolog Sinan Karaaslan, plastik jarroh, hamshiralar — barchasi o‘z kasblarining ustasi hisoblanadi. Ayniqsa, koordinator Melike Haydarga alohida minnatdorchilik bildiramiz — u har doim yonimizda bo‘ldi, hammasini jonkuyarlik bilan tashkil qildi. Shuning uchun men o‘zimni hech qachon yolg‘iz his qilmadim», deydi Ravshan Tolipov.
Bu voqea faqat bir bemor haqida emas. Bu — umid, kuch, va hayot uchun kurash haqidagi voqea. Ravshan Talipovning misoli shuni ko‘rsatadiki: tashxis hukm emas. Agar inson ishonsa, zamonaviy tibbiyot va inson irodasi mujassamligida mo‘jiza yarata oladi.
Turkiyadagi telefon raqami: (+90) 530−151−4185
Toshkentdagi rasmiy vakolatxona: +998-99-117-76-66
Manzil: Tashkent sh. Yakkasaroy tumani, Rakat ko‘chasi 10/25 uy.
E-mail: [email protected]
Qo‘shimcha ma’lumot:
anadolumedicalcenter.ru | lp.anadolumedicalcenter.ru/uz | Instagram |Facebook
Mavzuga oid
11:46 / 20.10.2025
50 turdagi saratonni erta bosqichda aniqlovchi qon tahlili sinovdan o‘tkazildi
21:32 / 11.10.2025
Jo Bayden saraton kasalligini davolashning yangi kursini boshladi
08:02 / 29.09.2025
Tanadagi yog‘ to‘planadigan joylar saraton xavfiga ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi
23:49 / 05.09.2025