O‘zbekiston | 01:45 / 03.11.2025
127562
2 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

Afg‘onistonda yuz bergan yer silkinishi O‘zbekiston viloyatlarida sezildi: Surxondaryoda – 5 ball, Qashqadaryoda – 3–4 ball, qolgan hududlarda – 2–3 ball atrofida.

3 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:29 da Afg‘onistonning Samangon viloyatida zilzila sodir bo‘ldi, uning kuchi O‘zbekistonda ham sezildi, deb xabar qildi FVVning Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.

Epimarkazdagi silkinish kuchi 7 ballga baholanmoqda. Magnitudasi 6,8, markaz 30 km chuqurlikda joylashgan.

Zilzila O‘zbekistonda quyidagicha sezildi:

  • Surxondaryo viloyatida 5 ball, zilzila o‘chog‘idan 90 km uzoqlikda;
  • Qashqadaryo viloyatida 3−4 ball, 302 km;
  • Samarqand viloyatida 3 ball, 358 km;
  • Jizzax viloyatida 3 ball, 410 km;
  • Navoiy viloyatida 3 ball, 444 km;
  • Buxoro viloyatida 3 ball, 451 km;
  • Sirdaryo viloyatida 3 ball, 464 km;
  • Toshkent shahrida 2−3 ball, 557 km;
  • Farg‘ona viloyatida 2−3 ball, 579 km.

Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatuv kameralarida yozib olingan videolar tarqaldi. Videolarning aksariyati Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgan Termizdan yo‘llangan.

Kadrlarda silkinishlar bir daqiqadan ko‘proq vaqt davomida turli intensivlikda davom etganini ko‘rish mumkin. Videolardan birida eng kuchli silkinishlar paytida ko‘cha chiroqlari o‘chgan, shuningdek, odamlar uylardan ko‘chaga yugurib chiqqan.

Mavzuga oid