Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chorvachilikka subsidiya va imtiyozlar 2030 yilgacha uzaytirildi
PQ–322-son Prezident qaroriga muvofiq, chorvachilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash choralari kengaytirildi: nasldor qoramol, qo‘y va echki importiga subsidiyalar 2030 yil 31 dekabrgacha uzaytiriladi. Shuningdek, QQS bo‘yicha yengilliklar, veterinariya ruxsatnomalarini tezlashtirish va yer ijarasi to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash mexanizmi joriy etiladi.
Foto: Kun.uz
“Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–322-son prezident qarori (31.10.2025) bilan chorvachilik sohasi bo‘yicha qo‘llab-quvvatlov choralari belgilandi.
Chorvachilik xo‘jaliklariga xorijdan import qilingan nasldor qoramol, qo‘y va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi 2030 yil 31 dekabrgacha amal qiladi.
2026 yil 1 yanvardan 2030 yil 31 dekabrgacha, nasldor 1 kunlik jo‘jalar importi uchun subsidiya faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilardan go‘sht yo‘nalishida xarid qilingan jo‘jalarga ajratiladi.
2026 yil 1 yanvardan 2027 yil yakuniga qadar tirik yirik shoxli qoramol (TIF TN 0102) hamda tirik qo‘y va echkilar (TIF TN 0104) importida:
hisoblangan QQSni 180 kungacha kechiktirib to‘lash mumkin;
to‘langan QQS qonunchilik tartibida qaytarib beriladi (o‘rni qoplanadi).
2026 yil 1 yanvardan veterinariya ruxsatnomasi va sertifikati 2 baravar qisqartirilgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari ozuqabop ekinlar yetishtirish uchun elektron auksion orqali yer uchastkalari ijara huquqini sotib olish to‘lovlarini 5 yil davomida teng ulushlarda to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:09 / 12.05.2026
O‘zbekistonda qoramollar sonini 16,5 millionga yetkazish vazifasi qo‘yildi
19:05 / 12.05.2026
Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tashkil etildi
17:38 / 12.05.2026
O‘zbekistonda bir qator subsidiyalar belgilandi
15:05 / 11.05.2026