Jahon | 15:45 / 04.11.2025
6341
6 daqiqa o‘qiladi

Giza piramidalari yonida Katta Misr muzeyi ochildi – fotosuratlar

U 20 yil davomida qurilgan va o‘n minglab noyob eksponatlarni, jumladan, Tutanxamonning oltin niqobini o‘z ichiga olgan.

1 noyabr kuni Qohira shahri yaqinida Katta Misr muzeyi (Grand Egyptian Museum — GEM) tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu mamlakatdagi keng ko‘lamli madaniy loyihadir: Giza ehromlari fonida yigirma yil mobaynida qurilgan majmuaning maydoni 500 ming metr kvadratni tashkil etadi (bu taxminan 70 ta futbol maydoniga teng), uning kolleksiyasidan 100 mingtagacha eksponat o‘rin olgan, loyiha qiymati esa 1,2 milliard dollarni tashkil etadi. Quyida Misr hukumati rejasiga ko‘ra yiliga besh million kishi tashrif buyurishi ko‘zlangan yangi muzey qanday ko‘rinishda ekani aks etgan suratlar.

GEM qurilishi 2000-yillar o‘rtalarida boshlangandi va avvaliga 2012 yilda yakunlanishi rejalashtirilgandi. Bu rejaga loyiha moliyalashtirilishidagi uzilishlar, Misr va umuman butun Yaqin Sharq mintaqasidagi siyosiy beqarorlik, shuningdek, kovid pandemiyasi xalaqit berdi. Natijada muzey qurilishi 20 yildan ortiq vaqtga cho‘zildi. Ushbu fotosuratda GEM atrofidagi manzara qanchalik o‘ziga xosligini ko‘rish mumkin: fonda Xeops piramidasi ko‘rinib turibdi
Mohamed Hossam / EPA / Scanpix / LETA
Muzey atriumining maydoni 10 ming metr kvadratni tashkil etadi. 2025 yil 5 mayda olingan ushbu kadrda GEM allaqachon sinov rejimida ishlayotgan va mehmonlarning dastlabki guruhlarini qabul qilayotgandi. Keng jamoatchilik uchun muzey 4 noyabr kuni ochiladi.
Khaled Desouki / AFP / Scanpix / LETA
Muzeyning eng ta’sirli eksponatlaridan biri  firavn Ramses II haykalidir. 83 tonna og‘irlikdagi va 11 metr balandlikdagi yodgorlik GEM atriumiga joylashtirilgan
Ai Hamaide Gema / Xinhua / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Ekspozitsiyada qadimgi Misr san’atining 100 mingga yaqin noyob buyumlari namoyish etiladi.
Sayed Hassan / Getty Images / Scanpix / LETA
Atriumda namoyish etilgan Ramses II haykalining qanchalik kattaligini baholash imkonini beruvchi fotosurat. Muzey devorlari orasiga ko‘chib o‘tishdan oldin, yodgorlik yarim asrdan ko‘proq vaqt davomida Qohiraning asosiy temiryo‘l vokzali binosi oldida turgan.
Amr Abdallah Dalsh / Reuters / Scanpix / LETA
Muzeyning asosiy zinapoyasi binoning barcha olti qavatidan o‘tib, 12 ta asosiy zalga olib chiqadi. Uning o‘zida 60 dan ortiq noyob artefaktlar mavjud.
Gehad Hamdy / dpa / Scanpix / LETA
Misr hukumati bayonotiga ko‘ra, GEM’​​da bitta madaniyatga bag‘ishlangan eng yirik kolleksiya yig‘ilgan
Fareed Kotb / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
GEM’​​ning ko‘plab artefaktlari ilgari keng jamoatchilikka namoyish etilmagan. Masalan, muzeyda fir’avn Tutanxamon maqbarasidan olingan 5500 ta buyumni ko‘rish mumkin, ulardan ilgari atigi 1800 tasi namoyish etilgandi.
Mohamed Abd El Ghany / Reuters / Scanpix / LETA
Muzeyning 2025 yil 15 oktyabr kungi sinov tarzidagi ochilishi vaqtida tashrif buyurganlardan biri sarkofaglar kolleksiyasini o‘rganmoqda
Khaled Desouki / AFP / Scanpix / LETA
GEM kolleksiyasidagi mushuk haykali. Qadimgi Misrda bu jonivor hosildorlik va quyosh ramzi edi. Misr mifologiyasida mushuklar ko‘p bor ilohiylashtirilgan
Alamy / Vida Press
Muzeyning yana bir eksponati  Oksirinx papiruslari. Bular arxeologlar tomonidan Misrdagi Oksirinx yaqinidan topilgan qo‘lyozmalar guruhiga mansub. Eng qadimgi papiruslar milodiy 50 yilga to‘g‘ri keladi.
Alamy / Vida Press
Britaniyalik misrshunos olim Hovard Karter 1922 yildayoq Podshohlar vodiysida Tutanxamon qabrini ochgan edi. GEM​​​​’​​ga tashrif buyuruvchilar hozirda restavratsiya qilinayotgan ustaxonaning katta derazalari orqali restavratorlarning ishini, xususan, Tutanxamon qabridan topilgan sarkofagni ham tomosha qilishi mumkin.
Capital Pictures / SFS / Scanpix / LETA
GEM kolleksiyasidagi eng qimmatbaho element  Tutanxamon maqbarasidan olingan 5500 ta buyumdir, bungacha ulardan faqat 1800 tasi ko‘rsatilgandi. Fotoda – fir’avnning o‘limidan keyin yuziga yopilgan oltin niqob
Egyptian President Office / apaimages / Vida Press
Bu fotosuratda ushbu kolleksiyani Misr prezidenti Abdul As-Sisiy, uning rafiqasi Entissar va 80 dan ortiq mamlakat vakillaridan iborat rasmiy delegatsiyaning boshqa a’zolari 2025 yil 1 noyabr kungi ekskursiya chog‘ida tomosha qilmoqda.
Egyptian President Office / apaimages / Vida Press
Katta Misr muzeyi binosi loyihasi uchun tanlovda dunyoning 82 davlatidan 1557 ta loyiha ishtirok etgan. 2003 yil 2 iyunda Irlandiyaning Heneghan Peng kompaniyasi g‘olib deb e’lon qilingan. Ushbu arxitektura byurosi loyihani BuroHappold Engineering va Arup Group bilan hamkorlikda ishlab chiqqan.
Gehad Hamdy / dpa / Vida Press
Misrning o‘zida mahalliy aholi uchun kirish chiptalari narxi yuqoriligi haqida munozaralar bo‘lmoqda. GEM’​​ga tashrif buyurish katta yoshli fuqaroga 200 Misr funtiga tushadi, bu taxminan to‘rt dollarga teng. Chet elliklar sezilarli darajada ko‘proq  taxminan 25 dollar to‘laydi, ammo chiptalarning imtiyozli narxi ham ko‘plab misrliklar uchun yuqori ko‘rinadi.
Alamy / Vida Press

Mavzuga oid