Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda migrantlarga kurer bo‘lib ishlash imkoniyati yopildi
Xorijiy kurerlar uchun «Samokat» va «Yandeks Yeda» yetkazib berish xizmatlariga kirish taqiqlandi.
Foto: RBK
3 noyabrdan boshlab Sankt-Peterburgda xorijiy kurerlar uchun «Samokat» va «Yandeks Yeda» yetkazib berish xizmatlariga kirish yopildi. Endi ular smenaga chiqolmaydi va ilovalar orqali buyurtma ololmaydi, deb yozdi «Argumenty i fakty» nashri.
Gap patent bo‘yicha ishlayotgan Ozarboyjon, O‘zbekiston, Tojikiston, Moldova va Ukraina fuqarolari haqida bormoqda. Bu YeOII mamlakatlari fuqarolariga taalluqli emas, ular patensiz ishlashi mumkin.
Avgust oyida Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov migrantlarning kurerlik xizmatlarida ishlashini taqiqlovchi qarorni imzolagan edi. Shaharda taksilar uchun shunga o‘xshash cheklovlar allaqachon joriy etilgan - kompaniyalarga kadrlar siyosatini o‘zgartirish uchun uch oy vaqt berilgan. Sankt-Peterburg rasmiylari bu chorani yashirin bandlikka qarshi kurash, xizmatlar sifati va xavfsizligini oshirish, rossiyaliklar - yoshlar va talabalar uchun ish o‘rinlari yaratish bilan izohlamoqda.
Mavzuga oid
15:59 / 07.02.2026
Sanksiyalar: YeI sudi Rossiyadan olib kirilgan avtomobillarni musodara qilishga ruxsat berdi
15:42 / 07.02.2026
Estoniya Rossiyadan urush ishtirokchilarini Shengenga kiritmaydi
14:18 / 07.02.2026
Rossiya aviachipta bron qilishning Leonardo tizimini milliylashtirmoqchi
14:14 / 07.02.2026