Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident AQSh Senati kokusi hamraisi bilan strategik hamkorlikni muhokama qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif doirasida AQSh Senatidagi Markaziy Osiyo bo‘yicha kokus hamraisi, senator Stiv Deynsni qabul qildi. Tomonlar strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiy loyihalarni kengaytirish va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama etdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Vashingtonda bo‘lib o‘tgan muloqotda ikki tomonlama hamkorlikda erishilgan misli ko‘rilmagan daraja alohida qayd etildi. Ta’kidlanishicha, o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari o‘smoqda, AQShning yetakchi kompaniyalari bilan qo‘shma kooperatsiya loyihalari soni ortib bormoqda. Keyingi oylarda rekord qiymatdagi kelishuv va shartnomalar imzolangan, ushbu tashrif davomida ham yangi iqtisodiy hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. Ular ijrosini ta’minlashda AQSh Kongressining qo‘llab-quvvatlovi muhim ekani ta’kidlandi.


Prezident parlamentlararo hamkorlikka, xususan, Senatdagi Markaziy Osiyo bo‘yicha kokus faoliyatiga yuqori baho berdi. Uchrashuvda hududlararo aloqalar masalasiga ham e’tibor qaratildi: senator Deyns vakillik qilayotgan Montana shtati bilan amaliy sheriklikni davom ettirish, shtat ishbilarmonlari delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Muloqot chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
09:19
Tramp: AQSh Venesuela yaqinida ushlangan tankerlar va neftni o‘zlashtiradi
09:00
Tramp 80 ga kirmoqda. 48-bo‘lish uchun zimdan kurash boshlangan
08:48
Tramp o‘z nomi bilan ataladigan jangovar kemalar qurilishini e’lon qildi
22:51 / 22.12.2025