Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaylovlarni tiklash uchun 63 mln dollarlik loyiha yo‘lga qo‘yiladi
2026 yil 1 iyulga qadar yaylov yerlarini tiklash bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida umumiy qiymati 63 mln dollar (60 mln dollar kredit, 3 mln dollar grant)lik loyiha start oladi. Loyiha yaylovlar holatini yaxshilash, infratuzilmani tiklash va chorva ozuqa bazasini kuchaytirishga qaratilgan.
PQ-322-sonli qarorga muvofiq, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda 2026 yil 1 iyulga qadar yaylovlarni tiklash bo‘yicha loyihani boshlaydi.
Quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
- jamoat yaylovlari tashkil etish — aholining uy sharoitida boqiladigan chorva mollarini oziqlantirish imkoniyatini kengaytirish;
- yaylovlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish — mavjud yerlar holati va inventarizatsiyasi;
- infratuzilmani tiklash — suv quduqlari qazish, o‘simlik turlarini ko‘paytirish, dronlar orqali urug‘ sepish va yaylovlardan samarali foydalanish choralari;
- boshqaruvni kuchaytirish — Qoraqalpog‘iston va viloyatlar huzurida yaylov yerlarini boshqarish va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha alohida direksiyalar tashkil etish;
- doimiy monitoring — «O‘zdaverloyiha» huzurida Ma’lumotlar bazasini boshqarish markazi va «Raqamli qishloq xo‘jaligi» platformasida yagona axborot tizimini yo‘lga qo‘yish.
Qaror doirasida yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, serhosil cho‘l-yaylov o‘simliklari urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish hamda xorijiy tajriba (jumladan, Xitoy va Mo‘g‘uliston)ni amaliyotga joriy etish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
20:28 / 14.05.2026
Intensiv bog‘dorchilikka o‘tish: prezident eski bog‘larni yangilashni buyurdi
20:32 / 12.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida yagona markazlashgan tizim yaratiladi
19:05 / 12.05.2026