O‘zbekiston | 13:58 / 07.11.2025
10994
1 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxiri havo nisbatan iliq bo‘lishi kutilmoqda

Sovuq havo massasi O‘zbekiston hududidan asta-sekin chekinmoqda. Havo harorati dam olish kunlari kunduzi +14…+17 darajagacha, mamlakat janubida esa +18…+20 darajagacha ko‘tariladi.

Foto: Kun.uz

Kelayotgan kunlarda O‘zbekiston hududidan sovuq havo massalari chekinishda davom etadi, deb xabar qildi O‘zgidromet. Harorat asta-sekin ko‘tariladi.

Juma kuni kunduzi havo +10…+12, yakshanba kuni esa +14…+17, janubda esa +18…+20 darajagacha isiydi.

Kechalari ham havo harorati nisbatan balandroq bo‘ladi, hududning katta qismida u musbat darajani ko‘rsatadi. Kechasi va ertalabki kuchsiz sovuqlar asosan respublikaning shimolida va cho‘l zonasida saqlanib turadi.

Toshkent shahrida juma va dam olish kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol kuchsiz bo‘ladi.

Havo harorati 7 noyabrda +10…+12 daraja, 89 noyabr kunlari +14…+16 daraja atrofida bo‘ladi. Kechasi +1…+3 daraja iliq harorat kuzatiladi.

Mavzuga oid