Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘rovnoma: nemislarni eng ko‘p migratsiya va iqtisod tashvishlantiryapti
Germaniyalik saylovchilar so‘nggi 10 yil ichida iqtisodiy va tashqi siyosiy vaziyat, shuningdek, ijtimoiy barqarorlik sezilarli darajada yomonlashgan, deb hisoblaydi. Bu ARD-Deutschlandtrend navbatdagi so‘rovnomasi natijalaridir.
Foto: Christophe Gateau/dpa/picture alliance
Germaniyaning har uchinchi katta yoshli fuqarosi (32 foiz) migratsiya va qochqinlarni mamlakat rasmiylari, avvalo, hal qilishi kerak bo‘lgan eng muhim muammo, deb hisoblaydi. Bu haqda jamoatchilik-huquqiy ARD telekanali buyurtmasi bilan Infratest dimap instituti har oy o‘tkazadigan Deutschlandtrend so‘rovnomasining 6 noyabr kuni e’lon qilingan natijalari guvohlik beradi.
Ikkinchi eng dolzarb muammo sifatida nemislar iqtisodiyotdagi vaziyatni ko‘rsatdi. Buni ta’kidlagan respondentlar ulushi iyuldan beri 7 foiz punktga oshib, 28 foizga yetdi. Bundan tashqari, ijtimoiy adolatsizlik (18 foiz), shuningdek, atrof-muhit va iqlim (14 foiz) tez-tez tilga olindi — har ikki mavzu bo‘yicha ko‘rsatkich iyulga nisbatan yana 2 punktga o‘sgan.
Ko‘plab Germaniya fuqarolarining fikricha, so‘nggi o‘n yilda, ya’ni 2015 yildan buyon mamlakatda iqtisodiy vaziyat (minus 56 foiz punkt), GFRning tashqi siyosiy o‘rni (minus 36 punkt) va ijtimoiy barqarorlik (minus 37 punkt) sezilarli darajada yomonlashgan.
So‘rovda qatnashgan nemis saylovchilarining bor-yo‘g‘i 38 foizi “Germaniyaning tashqi siyosiy vaziyati”ni “juda xavfsiz” yoki “ancha xavfsiz” deb baholagan — bu 2015 yil yanvar oyiga nisbatan 36 punktga kam. Germaniyaning jahon iqtisodiyotidagi holati haqida o‘ylamaydiganlar 29 foizgina, shu bilan birga 69 foiz uni “ancha beqaror” yoki “juda beqaror” deb ko‘radi.
Hozirda respondentlarning chorak qismiga yaqini — 27 foiz — o‘z bolalarining kelajagini xavfsiz yoki juda xavfsiz deb baholaydi, 10 yil avval bu ko‘rsatkich deyarli ikki baravar yuqori — 51 foiz edi.
So‘rov qatnashchilarining deyarli yarmi (48 foiz) jamoat joylarida — ko‘chalar, maydonlar, bog‘lar, shuningdek, poyezd va avtobuslarda o‘zini xavfsiz his qilmaydi. 2017 yilda bu ko‘rsatkich taxminan ikki baravar past edi. Respondentlarning 50 foizi jamoat joylarida “ancha xavfsiz” yoki “juda xavfsiz” ekanini aytdi. Bu bilan ayollar o‘rtasida xavf hissi erkaklarga nisbatan yuqoriroq (53 foizga qarshi 43 foiz).
ARD-Deutschlandtrend so‘rovida 3–5 noyabr kunlari telefon va internet orqali 18 yoshdan yuqori, saylov huquqiga ega 1300 nafar fuqaro ishtirok etdi.
Mavzuga oid
11:47
So‘rov: nemislar hukumat va pensiya tizimidan norozi
08:40
Mers AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini berishga qarshi chiqdi
16:30 / 04.12.2025
Berlin Ukrainaga qurol-yarog‘ yordamini 200 mln dollarga oshiradi
16:43 / 03.12.2025