Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro AQShdan xavfsizlik kafolatlari evaziga iste’foga chiqishga tayyor
AQSh Nikolas Maduro bilan uning iste’fosi evaziga xavfsizlik kafolatlari berish masalasini muzokara qilmoqda, deb yozadi The Atlantic. Nashr manbalariga ko‘ra, Venesuela prezidenti amnistiya va qulay sharoitda yashash shartlarini talab qilmoqda.
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro, agar AQSh unga va uning qo‘l ostidagilariga amnistiya e’lon qilsa, uni qo‘lga olish uchun belgilangan mukofotni bekor qilsa va surgunda qulay hayot kafolatlasa, iste’foga tayyor. Bu haqda 6 noyabr kuni The Atlantic jurnali Venesuela rahbariyati kayfiyatidan “xabardor manbalar”ga tayanib xabar qildi. Manbalarga ko‘ra, Vashington vakillari Maduroning “nazoratli tarzda ketishi” imkoniyatini unga va yaqin hamkorlariga xavfsizlik kafolatlari evaziga muhokama qilmoqda.
“Yetarli darajada bosim bo‘lsa va taklif yetarlicha jozibador bo‘lsa, Maduro bilan barcha variantlarni muhokama qilish mumkin”, — deya muzokara doirasidagi manbaning so‘zlarini keltiradi The Atlantic. Jurnal qayd etishicha, Venesuela rahbari AQShning kuchayib borayotgan harbiy bosimi sharoitida chiqish yo‘llarini izlamoqda: AQSh venesuelalik narkokartellarga qarshi urush e’lon qilgan.
Bundan bir necha kun oldin AQSh prezidenti Donald Tramp Nikolas Maduroning davlat rahbari sifatidagi kunlari sanoqli ekani haqida fikr bildirgan, bir vaqtning o‘zida AQShning Venesuela bilan urush ehtimoliga shubha bildirgan edi. Maduro esa Tramp ma’muriyati tomonidan qo‘yilayotgan giyohvand savdosi bo‘yicha ayblovlar Karakasda “rejimni almashtirishni majburlash” va Venesuela neftini qo‘lga kiritish uchun bahona sifatida tilga olinayotganini aytdi.
Sentyabr boshidan Amerika harbiy kemalari xalqaro suvlarda harakatlanayotgan, Vashington tomonidan venesuelalik narkokartellar bilan aloqador, deb gumon qilingan kemalarga doimiy zarbalar berib kelmoqda. Shu bilan birga AQSh Venesuela qirg‘oqlari yaqiniga kichik dengiz guruhini joylashtirdi va Puerto-Rikoga qiruvchilarni yubordi.
Sentyabr o‘rtalarida Karakas o‘z hududiy suvlarida harbiy mashqlar o‘tkazgach, qator OAV Trampning Venesuela bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish urinishlarini to‘xtatganini xabar qildi. The New York Times’ning ma’lumoticha, Vashingtonda mojaroni kuchaytirishning bir nechta ssenariylari ishlab chiqilgan, jumladan Maduroni hokimiyatdan kuch bilan chetlatish varianti ham bor.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026