Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bemorni hududning o‘zida davolagan rahbarlar rag‘batlantiriladi
Profilaktika, mahalliy davolash va servisni yaxshilab, dori ta’minotini tartibga solgan, kadrlar tayyorgarligini kuchaytirgan va raqamlashtirishni to‘liq yakunlagan tuman–viloyat tibbiyot rahbarlari faxriy unvon, 30 mln so‘m shaxsiy mukofot, muassasasi uchun 500 mln so‘m infratuzilmaga yordam hamda xorijda menejerlik o‘quvlariga yo‘llanma oladi.
Tibbiyot sohasida natijaga yo‘naltirilgan rag‘batlantirish paketi belgilandi. Unga ko‘ra, quyidagi yo‘nalishlarda samara ko‘rsatgan rahbarlar e’tirof etiladi:
- profilaktika: kasalliklar xavf omillarini kamaytirish, skrining va ma’lumot-tushuntirish ishlari;
- mahalliy davolash: bemorlarni hududning o‘zida yuqori bosqichga yubormasdan, samarali davolashni yo‘lga qo‘yish;
- dori ta’minoti: dori berishni tartibga solish, uzilishlarni bartaraf etish;
- kadrlar: malakali vrachlarni jalb qilish va muntazam o‘qitish;
- servis va muhit: bemor yo‘lini qisqartirish, «bir darcha» tamoyili, shikoyatlar bilan ishlash;
- raqamlashtirish: klinik va boshqaruv jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish.
Rag‘bat turlari:
- «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tibbiyot xodimi» unvoni, orden va medallar;
- 30 mln so‘m shaxsiy pul mukofoti;
- boshqarilayotgan shifoxona/poliklinika infratuzilmasini yaxshilash uchun 500 mln so‘m;
- har bir viloyatda eng yaxshi 2 ta tumanning sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbari va OP mudiri AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Koreya, Turkiya kabi mamlakatlarda menejerlik o‘quviga yuboriladi.
Mexanizm soha rahbarlarini natija, ochiq hisobdorlik va xizmat sifatiga yanada kuchliroq yo‘naltirishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
09:31 / 03.03.2026
Havo monitoringi va tozalash uskunalari o‘rnatgan korxonalar rag‘batlantiriladi
11:48 / 03.09.2025
Agrar sohani mexanizatsiyalashni davlat tomonidan rag‘batlantirish raqamlashtiriladi
18:57 / 08.08.2025
Mahalliy ijro hokimiyati organlari xodimlarini rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
14:51 / 22.07.2025