Nizom qişloq xöjaligi texnikasi va lazerli qurilmaga ega avtomatlaştirilgan yer tekislagiç agregati qiymatining bir qismini qoplaş uçun Subsidiya.mf.uz axborot portali orqali subsidiya ajratiş hamda undan samarali foydalanişni nazorat qiliş tartibini belgilaydi.

Nizomga köra, xaridor subsidiya olişga ariza beriş uçun Subsidiya.mf.uz axborot portalida Yagona identifikatsiya tizimi (One ID) yoki elektron raqamli imzo (ERI) orqali röyxatdan ötadi.

Qişloq xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş jamğarmasida subsidiya ajratişni körib çiquvçi komissiya tuziladi.

Komissiya Subsidiya.mf.uz axborot portali orqali kelib tuşgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni 5 iş kunida örganib çiqadi.

Xaridor Subsidiya.mf.uz axborot portali orqali öziga subsidiya ajratiş ma’qullangani yoki rad etilgani töğrisida ma’lumotga ega bölişi mumkin.

Ma’lumot uçun: subsidiya – belgilangan texnikani sotib olgan xaridorning arizasiga muvofiq qişloq xöjaligi texnikasi qiymatining 15 foizi, lazerli yer tekislagiç agregati qiymatining 30 foizini qoplaş uçun ajratiladigan mablağ hisoblanadi.