Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekologik reydlar: Toshkent shahri va viloyatida issiqxonalar tekshiruvdan o‘tmoqda
Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.To‘xtaboyev rahbarligidagi ishchi guruh ekologiya, hokimlik, sanitariya xizmati va FVV vakillari bilan hamkorlikda Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatida, jumladan Zangiota tumanida ekologik reydlar o‘tkazmoqda. Maqsad - havoni ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash va qoidabuzarlikka chek qo‘yish.
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Kuz–qish mavsumida poytaxtda havo sifati pasayishi ko‘pincha Toshkent shahri va unga yaqin hududlardagi issiqxona xo‘jaliklari faoliyati bilan bog‘liq ekani qayd etilmoqda. Shu munosabat bilan ishchi guruh issiqxonalarda ekologik va sanitariya me’yorlariga rioya etilishini o‘rganmoqda, qoidabuzarlik aniqlansa ma’muriy va boshqa chora-tadbirlar ko‘riladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili ham Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan shunga o‘xshash reydlar natijasida poytaxt hududidagi bir qator issiqxonalarning noqonuniy faoliyati to‘xtatilgan edi.
Reydlar:
- atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash;
- ekologik va sanitariya me’yorlariga amal qilinishiga erishish;
- qoidabuzarlarga nisbatan choralar ko‘rish;
- holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda poytaxt va viloyatda ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan.

Mavzuga oid
21:38 / 06.12.2025
Toshkentda jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
15:27 / 06.12.2025
Toshkent–Goa yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yildi
18:42 / 05.12.2025
Prezident qarori: Toshkentda tirbandliklarni kamaytirish choralari tasdiqlandi
14:47 / 05.12.2025