Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Belarusda maxsus elchi lavozimiga Jon Koul nomzodini ko‘rsatdi
Minskdagi muvaffaqiyatli muzokaralar tufayli Jon Koul Belarusda 100 mahbusni ozod etishga erishdi, hozir yana 50 nafari bo‘yicha ish olib bormoqda, deb ta’kidladi Donald Tramp.
Jon Koul Foto: Kacper Pempel / Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp huquqshunos Jon Koulni Belarus bo‘yicha maxsus elchi lavozimiga nomzod sifatida ilgari surdi. U bu haqda 9 noyabr kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib, Minskda siyosiy mahbuslarni ozod etish borasida muzokaralar yuritgan Koulni AQShning “eng mashhur huquqshunoslaridan biri” deb atadi.
“U avvaloq 100 nafar asirdagi shaxsni ozod qilish bo‘yicha muvaffaqiyatli kelishuvga erishdi va yana 50 nafarini ozod ettirishni ko‘zlayapti”, — dedi AQSh prezidenti. Tramp oldinroq Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoga mahbuslarni ozod etish masalasini ko‘rib chiqqani uchun minnatdorlik bildirdi.
11 sentabr kuni Minskka navbatdagi tashrifidan so‘ng, Trampning maxsus vakili o‘rinbosari Kit Kellog bilan birga Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv o‘tkazgan Jon Koul ishtirokida 52 nafar siyosiy mahbus — shu jumladan, 14 nafar xorijiy fuqaro ozod etildi. Ularning barchasi, siyosiy arbob Nikolay Statkevichdan tashqari, Litvaga chiqib ketdi.
AQSh bu qadamni qo‘llab-quvvatladi va Belarusning davlat aviakompaniyasi “Belavia”ga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishini bildirib, Minskdagi Amerika elchixonasi faoliyatini qayta tiklashga va’da berdi. 4 noyabr kuni AQSh Moliya vazirligi “Belavia”ni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqardi va Lukashenko oilasiga tegishli samolyotga oid operatsiyalarga ruxsat berdi.
Mavzuga oid
13:48
Gomeldagi idish-tovoq zavodi RF uchun harbiy dronlar yetkazib beryapti
08:52 / 04.12.2025
Tramp: Putin kelishuv tuzishni va «normal hayotga qaytishni» istayapti
15:57 / 03.12.2025
Maduroning imkoniyatlari tugadi. Uning Tramp bilan telefon muloqoti haqida nimalar ma’lum?
21:10 / 02.12.2025