Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XOQ transgenderlar Olimpiadada ayollar bilan bellashishini taqiqlamoqchi
XOQ tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda erkak bo‘lib tug‘ilgan sportchilarning jismoniy ustunliklari gormon terapiyasidan keyin ham saqlanib qolishi aniqlandi.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) transgender sportchilarning Olimpiadadagi ayollar musobaqalarida ishtirok etishini taqiqlaydi. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, XOQ qarorni 2026 yil boshida qabul qiladi. Bu vaqtga kelib, tashkilot erkaklarning ayollardan jismoniy ustunligi bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalarini olishi kutilmoqda.
The Times nashrining ta’kidlashicha, XOQ tibbiy va ilmiy direktori Jyeyn Tornton o‘tgan hafta transgenderlarning ishtiroki tufayli ayollar sporti muammolarini ko‘rib chiqishning dastlabki natijalarini taqdim etgan. Tornton xonimning tahlili shuni tasdiqlaydiki, erkak bo‘lib tug‘ilgan sportchilarning jismoniy ustunliklari gormon terapiyasidan keyin ham saqlanib qoladi.
The Times nashrining yozishicha, XOQ yangi siyosati tashkilotning Milan va Kortina-d'Ampetssoda bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi qishki o‘yinlar vaqtida bo‘lib o‘tadigan sessiyasida taqdim etiladi. Ilgari transgender sportchilarga ruxsat berish to‘g‘risidagi qaror xalqaro federatsiyalar tomonidan mustaqil qabul qilingan.
Olimpiadadagi birinchi transgender sportchi yangi zelandiyalik og‘ir atletikachi Lorel Xabbard bo‘ldi. Tokio o‘yinlarida u 87 kg gacha vazn toifasida qatnashib, so‘nggi o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
21:45 / 07.05.2026
XOQ Belarus sportchilari uchun barcha cheklovlarni bekor qildi
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
23:00 / 22.02.2026
Xokkey bo‘yicha AQSh terma jamoasi 1980 yildan buyon ilk bor Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
22:00 / 22.02.2026