Jamiyat | 10:22 / 11.11.2025
3259
2 daqiqa o‘qiladi

«Aqlli» elektr hisoblagichlar xato hisoblamaydi - «Hududiy elektr tarmoqlari» 

Ijtimoiy tarmoqlarda «ayrim elektr hisoblagichlari ortiqcha kilovatt yozyapti» degan da’volar tarqaldi. «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ bu ma’lumotlarni rad etdi: o‘rnatilayotgan barcha hisobdonlar bir necha bosqichli sinov–tekshiruvdan o‘tadi, nuqson topilsa, o‘rnatish va sotishga chiqarilmaydi.

Foto: Kun.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda «Shoshilinch xabar: O‘zbekistonda ayrim elektr hisoblagichlari ortiqcha kilovatt “yozyapti”! Ehtimol, siz ham ortiqcha to‘layapsiz!» mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Sarlavha hisoblagichlar «ortiqcha» elektr energiyasini hisoblayotgani haqida taassurot uyg‘otadi.

Aslida esa tarqatilgan xabarda respublika bo‘ylab o‘rnatilgan hisoblagichlardagi ma’lumotlarni tegishli tugma orqali ko‘rish va funksiyalaridan foydalanish imkoniyatlari tushuntirilgan, xolos.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ ma’lumot berishicha, iste’molchilarga o‘rnatilayotgan barcha turdagi hisobdonlar zavod va idoraviy ko‘p bosqichli sinov–tekshiruvdan o‘tadi. Kamchilik aniqlansa, bunday qurilmalar o‘rnatish va sotish uchun chiqarilmaydi. Shu sababli «ayrim hisoblagichlar ortiqcha kilovatt yozyapti» degan xabar mutlaqo asossiz.

Kompaniya ijtimoiy tarmoq egalari va ma’murlaridan fuqarolarni chalg‘ituvchi, tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni, iste’molchilardan esa elektr energiyasiga oid axborotni rasmiy manbalardan kuzatishni so‘radi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid