Ijtimoiy tarmoqlarda «Şoşilinç xabar: Özbekistonda ayrim elektr hisoblagiçlari ortiqça kilovatt “yozyapti”! Ehtimol, siz ham ortiqça tölayapsiz!» mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Sarlavha hisoblagiçlar «ortiqça» elektr energiyasini hisoblayotgani haqida taassurot uyğotadi.
Aslida esa tarqatilgan xabarda respublika böylab örnatilgan hisoblagiçlardagi ma’lumotlarni tegişli tugma orqali köriş va funksiyalaridan foydalaniş imkoniyatlari tuşuntirilgan, xolos.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ ma’lumot berişiça, iste’molçilarga örnatilayotgan barça turdagi hisobdonlar zavod va idoraviy köp bosqiçli sinov–tekşiruvdan ötadi. Kamçilik aniqlansa, bunday qurilmalar örnatiş va sotiş uçun çiqarilmaydi. Şu sababli «ayrim hisoblagiçlar ortiqça kilovatt yozyapti» degan xabar mutlaqo asossiz.
Kompaniya ijtimoiy tarmoq egalari va ma’murlaridan fuqarolarni çalğituvçi, tekşirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni, iste’molçilardan esa elektr energiyasiga oid axborotni rasmiy manbalardan kuzatişni söradi.

















