Qömitaga murojaatdan keyin örganişlarda hisobga oliş uskunasi tarmoq korxonasi tomonidan örnatilganiga qaramay, undagi ikkilamçi zanjirlar almaşib ulangani aniqlandi. Şu bilan birga, hisoblagiçga töğri ulangan subiste’molçi körsatkiçlari ham hisob-kitobdan çegirilmagan. Texnik xatolik masalasi yangi tahrirdagi elektrdan foydalaniş qoidalarida nazarda tutilgan bölsa-da, eski qoidalarda qayd etilmagan.
Qonunçilikka köra, “Raqobat töğrisida”gi qonunning 18-moddasi ustun mavqedan suiiste’mol qiliş — jumladan ortiqça haq undirişni taqiqlaydi. Şu asosda hududiy boşqarma iş qözğatib, quyidagi çoralarni belgiladi:
- iste’molçiga 1,097 mlrd sömni qayta hisob-kitob qiliş;
- aniqlangan qonunbuzarlikni bartaraf etiş va kelgusida yöl qöymaslik;
- ta’minotçining qoidalarga rioyasiga baho beriş uçun hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvçi organga yuboriş.
Maxsus komissiya qarori va körsatmasidan norozi bölgan tomon qömitaning apellyatsiya kengaşiga yoki sudga murojaat qilişi mumkinligi aytiladi.

















