Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dekabrdan boshlab «Olmaota – Toshkent» poyezdi har kuni qatnaydi
Yo‘nalishda yuqori darajadagi qulaylikka ega Talgo poyezdlaridan foydalaniladi, deya ma’lum qildi Qozog‘iston temiryo‘llari.
Foto: rails.kz
Qozog‘iston temiryo‘l kompaniyasi «Olmaota – Toshkent» xalqaro Talgo poyezdining kunlik qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, Kazinform xabar berdi.
14 dekabrdan boshlab «Olmaota – Toshkent» yo‘nalishida Talgo poyezdi har kuni qatnay boshlaydi, bu esa kuniga 400 nafardan ortiq yo‘lovchini tashish imkonini beradi.
Yo‘nalishda yuqori darajadagi qulaylikka ega vagonlardan foydalaniladi.
«Kundalik qatnovning joriy etilishi Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi transport aloqasini kuchaytirish, sayyohlar oqimini rivojlantirish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:59
O‘zbekistonga Qozog‘iston nefti yetkazib berilishi mumkin
10:18 / 25.05.2026
“Klassik kolonializm” – Rossiya nega MDHdagi tarix darsliklarini o‘zgartirmoqchi?
09:07 / 25.05.2026
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Qozog‘iston va Rossiyaga ko‘chib ketmoqda
12:39 / 23.05.2026