Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hisobot: Rossiya Ukraina havo mudofaasini tobora ko‘proq chetlab o‘tmoqda
Monitor Luftkrieg Ukraine hisobotida Rossiya Ukraina havo mudofaasini yuqori shiddatli tarkibiy (kombinatsiyalashgan) hujumlar orqali zaiflashtirishga urinayotgani va tobora ko‘proq kichik energiya obektlarini nishonga olayotgani qayd etilgan.
Foto: ROMAN PILIPEY/AFP/SCANPIX
Mutaxassislar bahosicha, Ukraina havo mudofaasiga doir vaziyat oktyabr oyida sezilarli darajada yomonlashdi. «Rossiya Ukraina havo mudofaasini chetlab o‘tishi va kritik infratuzilmaga zarar yetkazishga muvaffaq bo‘layotgani holatlari ko‘paymoqda», — deyiladi 10 noyabr kuni e’lon qilingan oylik Monitor Luftkrieg Ukraine hisobotida.
Europäischer Austausch notijorat tashkiloti va Konrad Adenauer jamg‘armasi chop etgan hisobotga ko‘ra, oktyabr oyida Rossiya qo‘shinlari Ukraina shaharlari va fuqarolik obektlariga 5298 ta uchuvchisiz uchish apparati yordamida hujum qilgan, bu kuniga o‘rtacha 170 tadan dron demakdir. Bu o‘tgan oyga nisbatan 6 foiz kam. Eng yuqori ko‘rsatkich iyul oyida qayd etilgan — deyarli 6300 ta dron. Avgustdan beri dronlar qo‘llanishi biroz qisqargan, bunga RF o‘z ishlab chiqarish maqsadlariga yeta olmayotgani sabab qilib ko‘rsatiladi.
Shu bilan birga, nashr ta’kidlashicha, Rossiya dronlar va raketalarni qo‘shib, yuqori shiddatli tarkibiy zarbalar orqali Ukraina HHMni bosim ostida qoldirishga harakat qilmoqda va qish fasli oldidan mintaqaviy miqyosdagi kichik energiya obektlarini ham ko‘proq nishonga olmoqda.
Monitor Luftkrieg Ukraine ma’lumotlariga ko‘ra, yil davomida Rossiya raketalari va dronlarini yo‘q qilish ko‘rsatkichlari sezilarli darajada pasaydi. Oktyabr oyida Ukraina HHM fevral oyidagi deyarli 100 tadan farqli ravishda 1077 ta dronni yo‘q qila olmadi. Dronlarni yo‘q qilish ulushi 80 foizgacha tushib ketdi — bu 2024 yil boshidan beri eng yomon ko‘rsatkich bo‘lib, o‘shanda Ukraina havo mudofaasi ta’minotda jiddiy muammolarni boshdan kechirgan edi.
Bundan tashqari, ekspertlar yozishicha, Rossiya dronlarga nisbatan ancha katta halokat kuchiga ega bo‘lgan raketalardan ham tobora ko‘proq foydalanmoqda. Oktyabrda 162 ta qanotli raketaga qo‘shimcha ravishda 108 ta ballistik raketa qo‘llangani qayd etildi — bu o‘tgan oyga nisbatan uch barobardan ko‘p.
Hisobotga ko‘ra, o‘tgan oyda «Iskander-M» va «Kinjal» turidagi ballistik raketalarni yo‘q qilish koeffitsiyenti taxminan 15 foizni tashkil etgan. Yoz faslida bu ko‘rsatkich 40–50 foizgacha yetgan edi. Umuman olganda, oktyabr oyida 1213 ta raketa yo‘q qilinmay qolgan, fevral oyida esa bu ko‘rsatkich atigi 145 ta edi.
Mavzuga oid
22:21
Qozog‘iston urush tufayli ketgan rossiyaliklarni ommaviy deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda
17:51
Rossiyada O‘zbekistondan folbin va ekstrasenslar migratsiyasi oshgani aytildi
16:10
Navalniy jamoasi jasad yorilishi bo‘yicha materiallarni oshkor qildi
15:46