Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini muhokama qildi.
Foto: president.uz / kremlin.ru
Prezident Shavkat Mirziyoyev 11 noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Tovar ayirboshlashning o‘sish sur’atini saqlab qolish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiyani, shu jumladan energetika sohasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surish, hududlarning ishbilarmonlik aloqalari va madaniy-gumanitar almashinuvini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Joriy yil 22 oktabr kuni Moskva viloyatida o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining ikkinchi yig‘ilishi samarali bo‘lgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
3 dekabr kuni bo‘ladigan O‘zbekiston-Rossiya Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi va uning doirasida qo‘shma biznes forumini samarali o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, bo‘lajak tadbirlarning rejasi muhokama qilindi.
Mavzuga oid
09:10
Sud: YuKOS sobiq aksiyadorlari Rossiyadan kompensatsiya undirishi mumkin
09:07
Germaniyada avtodiler FSB uchun mashinalar yetkazib bergani uchun 6 yilga qamaldi
08:24
Zelenskiy Rossiyaning 2026–2027 yillar uchun hujum rejalarini ochiqladi
15:28 / 02.03.2026