Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
RFda muhim obektlarni himoya qilish uchun zaxiradagilar jalb etilmoqda
«Kommersant» ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya mintaqalari muhim ahamiyatga ega obektlarni himoya qilish uchun zaxiradagilarni jalb etish kampaniyasini boshlamoqda. Buning uchun avvalroq RF prezidenti Vladimir Putin tegishli qonunni imzolagan edi.
Kamida 19 ta Rossiya regioni mamlakat hududida muhim ahamiyatga ega obektlarni himoya qilishga jalb etiladigan bo‘linmalarga zaxiradagilarni tanlash kampaniyasini boshlagan, deb yozadi «Kommersant» 10 noyabrga o‘tar kechasi. Buni amalga oshirishga imkon beradigan farmonni 4 noyabr kuni RF prezidenti Vladimir Putin imzolagan.
Jurnalistlar aniqlashtirishicha, «avvalo dushman dronlariga qarshi kurashda» qo‘llanadigan zaxiradagilar ushbu davrga harbiy xizmatchi maqomini oladi. Zaxiradagilarni himoya ishlariga maxsus yig‘inlar davomida jalb qilish mumkin bo‘ladi, «ularning tartibini hukumat belgilaydi».
RF Mudofaa vazirligining loyiha qaroriga ko‘ra, bunday yig‘inlarda bo‘lish muddati yiliga olti oydan oshmasligi kerak. Ularda qatnashgan zaxiradagilarga «asosiy ish joyida o‘rtacha ish haqi saqlangan holda to‘lovlar, shuningdek, vazifalar bajarilishiga qarab qo‘shimcha ustamalar va mukofotlar» to‘lanadi. «Agar zaxirachi halok bo‘lsa, uning oilasiga harbiy xizmatchilar uchun belgilangan to‘lov va imtiyozlarga teng hajmdagi to‘lov va imtiyozlar beriladi», — deya ta’kidlaydi «Kommersant». To‘lov miqdori zaxirachi yig‘in o‘tadigan regionga bog‘liq bo‘ladi.
Yosh cheklovlari, Mudofaa vazirligi hujjatidan kelib chiqishicha, oddiy askar va serjantlar uchun 50 yosh, kichik va katta ofitserlar uchun esa 60–65 yosh etib belgilanadi. Nomzodlar sog‘liq toifasi bo‘yicha kamida «V»dan past bo‘lmasligi va kamida to‘qqiz sinflik ta’limga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, ularning sudlanganlik holati bo‘lmasligi shart.
Bundan oldin Bosh shtabning asosiy tashkiliy-mobilizatsiya boshqarmasi rahbar o‘rinbosari, vitse-admiral Vladimir Tsimlyanskiy ta’kidlashicha, zaxirachilar Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga va RF hududidan tashqaridagi vazifalarga jalb etilmaydi. Biroq Putin imzolagan farmonda zaxirachilardan foydalanishga doir bunday cheklovlar mavjud emas.
4 noyabr kuni Vladimir Putin shuningdek, mamlakat fuqarolarini 1 yanvardan 31 dekabrgacha — butun kalendar yili davomida harbiy xizmatga chaqirishga imkon beradigan qonunni imzoladi. 2026 yil 1 yanvardan boshlab harbiy bo‘limlar chaqiruvga oid elektron chaqiruvnomalarni har kuni yuborishi, chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishi va chaqiruv komissiyasi yig‘ilishlarini o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, harbiy komissariatga kelish sanasi davlat reyestrida elektron chaqiruv joylashtirilgan kundan e’tiboran 30 kundan oshmasligi belgilanadi. Hozir elektron chaqiruvnomalarning amal qilish muddati cheklanmagan. Harbiy xizmat o‘tiladigan joyga yuborish esa, avvalgidek, yiliga ikki marta amalga oshiriladi — 1 apreldan 15 iyulgacha va 1 oktyabrdan 31 dekabrgacha.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026