Jahon | 12:04 / 12.11.2025
2011
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya sudi RFdan elchixona uchun ajratilgan yerni qaytarib olishni tasdiqladi

Avstraliya Oliy sudi mamlakat hokimiyati parlament binosi yaqinida Rossiyaning yangi elchixonasi uchun yer uchastkasini ijara shartnomasini bekor qilishga haqli bo‘lganini tasdiqladi. Shu bilan birga, sud qaroriga ko‘ra, RFga «oqilona miqdorda» kompensatsiya to‘lanishi kerak.

Foto: MICK TSIKAS/AAP/IMAGO

Avstraliya Oliy sudi 12 noyabr kuni hukumatga Rossiya elchixonasi yangi binosi qurilishi uchun yer uchastkasi ijarasini bekor qilish imkonini bergan qonunning huquqiy asosliligini tasdiqladi. Shu bilan birga, eng yuqori sud instansiyasi Avstraliya bu bekor qilish uchun RFga «oqilona miqdorda» kompensatsiya to‘lashi lozimligini qayd etdi, deb xabar beradi dpa agentligi.

Gap ketayotgan yer uchastkasi Kanberradagi Avstraliya parlament binosidan taxminan 400 metr uzoqlikda joylashgan. Rossiya uni 2008 yilda 99 yillik ijaraga olgan va 3 million avstraliya dollari (taxminan 1,69 mln yevro) to‘lagan. 2022 yilda Milliy kapital qurilishi boshqarmasi hujjat berilgan kundan uch yil ichida qurilishni yakunlamagani uchun kelishuvni bekor qilganini ma’lum qilgan. Biroq sud boshqarma harakatlarini noqonuniy deb topgan edi.

Shundan so‘ng Avstraliya hukumati «xavfsizlik nuqtai nazaridan» ijara shartnomasini bekor qilishini e’lon qildi va 2023 yil iyun oyida bu bo‘yicha qonun loyihasini parlamentdan o‘tkazdi. Bosh vazir Entoni Albaneze so‘zlariga ko‘ra, hukumat «parlament binosiga shunchalik yaqin bo‘lgan yangi xavf» to‘g‘risida juda aniq tushuntirishlar olgan. Shu bilan birga, Avstraliya gap Kanberrada RF dipvakolatxonasining mavjudligini taqiqlash haqida emas, balki faqat parlament yaqinida elchixona qurish masalasi haqida ketayotganini urg‘ulagan.

Oliy sud shu yilning o‘sha oyida ijara shartnomasini bekor qilishga qarshi Rossiya tomoni kiritgan da’voni rad etgan edi. Keyin RF dipmissiyasi advokatlari bunga imkon bergan qonun konstitutsiyaga zid ekanini isbotlashga urindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid