Jahon | 07:30 / 12.11.2025
4633
3 daqiqa o‘qiladi

Bir qit’adan boshqasiga: ulkan daryolar xaritasi

Ilk sivilizatsiyalar beshigidan tortib zamonaviy gidroenergetika manbalarigacha - dunyo daryolari azaldan iqtisod va madaniyatni shakllantirib kelgan.

Foto: Jhampier Giron M / Shutterstock / FOTODOM

Yuqorida keltirilgan infografika Yerdagi eng uzun 15 daryoni ko‘rsatadi. U har bir suv tizimi qay darajada uzoq masofaga — va necha mamlakat orqali cho‘zilishini naqd namoyon etadi.

O‘nlab yillar davomida Ugandaning baland tog‘liklaridan boshlanib, Misrdagi O‘rta Tr dengizi deltasigacha 6650 kilometrga cho‘zilgan Nil «dunyoning eng uzun daryosi» nomiga ega bo‘lib keldi. Biroq Braziliya va Peru o‘tkazgan so‘nggi tadqiqotlar Amazonkaga — agar u Apurimakning eng uzoq manbalaridan hisoblansa — yanada katta uzunlikni beradi, 6990 kilometrgacha.

Bunday farq nam tropik o‘rmonlarning qamrovsizligi va daryo yo‘lining mavsumiy o‘zgarishlari bilan izohlanadi — bu esa aniq xaritalashni keskin qiyinlashtiradi.

Qaysi daryo ro‘yxat boshida turishidan qat’i nazar, ikkalasi ham madaniy-tarixiy ahamiyati va ekotizimlar boyligi jihatidan o‘z «raqiblari»dan ancha ustun.

Top-15dan besh daryo butunlay bir mamlakat hududidan oqadi: Xitoydagi Yanszi va Xuanxe, AQShdagi Missisipi, shuningdek, Rossiyadagi Lena va Volga.

Foto: Visual Capitalist

Bunday «chegaralanish» suv resurslarini boshqarish masalalarini nisbatan soddalashtirsa-da, barcha ekologik xavflarni bir hudud doirasida jamlaydi.

Osiyo bu reytingda mutlaq ustun — yettita daryo bilan ifodalangani uning ulkan hududi va baland tog‘li manbalarining ko‘pligini ta’kidlaydi.

Janubiy Amerika ro‘yxatga mintaqaviy savdo koridorlari uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega ikki megadaryo — Amazonka va Parana bilan hissa qo‘shadi.

Afrikadagi Nil va Niger qit’aning shimol va janubidagi gidrologik rejimlar kontrastiga yaqqol misol bo‘ladi, Yevropaning yagona vakili — Volga esa Rossiyaning tarixiy «milliy magistrali» sifatida ulkan rol o‘ynaydi.

E’tiborlisi, Avstraliya va Antarktida ro‘yxatda yo‘q: ularning nisbatan qisqa va ko‘pincha qurib qoluvchi suv oqimlari 3200 kilometr belgiga ham yaqinlasha olmaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid