Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva AQSh Yuta shtati biznes delegatsiyasi bilan uchrashdi
Unda qayd qilinishicha, O‘zbekiston rezidentlari O‘zbekiston banklaridagi hisobvaraqlaridan mablag‘larni AQShda korxonalar tashkil etish, ularning kapitalida ishtirok etish yoki filiallarini mablag‘ bilan to‘ldirish uchun erkin o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.
Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 12 noyabr kuni AQSh Yuta shtatining Devid Bednar boshchiligidagi biznes delegatsiyasi bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston – AQSh munosabatlari rivojida yangi bosqich boshlangani qayd etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etish to‘g‘risidagi qarori ishbilarmonlik va gumanitar aloqalarni kengaytirishda muhim qadam bo‘lishi ta’kidlandi.

«Endi prezident farmoni bilan Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi tashkil etilib, uni muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi tuzilmasida maslahatchi-elchi lavozimi joriy etilmoqda. Shuningdek, ushbu farmon asosida O‘zbekiston rezidentlari O‘zbekiston banklaridagi hisobvaraqlaridan mablag‘larni AQShda korxonalar tashkil etish, ularning kapitalida ishtirok etish yoki filiallarini mablag‘ bilan to‘ldirish uchun erkin o‘tkazishi mumkin bo‘ladi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Ta’kidlanishicha, bu tadbirkorlarning tashqi iqtisodiy faolligini rivojlantirish, AQSh bilan investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash, O‘zbekistonning ochiq, zamonaviy iqtisodiyot sifatidagi yangi imijini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Mavzuga oid
12:24
Germaniya Ukrainaga investitsiya kiritish bo‘yicha yangi dasturni boshlayapti
09:46
Berlindagi muzokaralar: AQSh Donbassni topshirishni talab qilmoqda
21:39 / 15.12.2025
Saida Mirziyoyeva mas’ul rahbarlar bilan ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni ta’minlash masalalarini muhokama qildi
15:20 / 15.12.2025