Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlash bo‘yicha qariyb 10 ming holat aniqlandi
2025 yilning yanvaridan noyabrgacha mamlakat bo‘ylab chiqindilarni belgilanmagan hududlarga tashlash bo‘yicha 9 817 ta huquqbuzarlik qayd etildi. Bu holatlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi doimiy kuzatuv olib boradigan ishchi guruh tomonidan o‘rnatilgan IP-kameralar orqali aniqlangan.
Foto: Kun.uz
Ma’lumotlarga ko‘ra, 3 714 ta holatda huquqbuzarlar chiqindilarni transport vositalari orqali tashlagan. Huquqbuzarlik sodir etgan 2 232 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan, yana 7 585 ta holat bo‘yicha chora ko‘rish jarayoni davom etmoqda.
Eng ko‘p qoida buzilishi kuzatilgan hududlar quyidagicha:
- - Andijon viloyati - 3 001 holat;
- - Namangan viloyati - 2 937 holat;
- - Farg‘ona viloyati - 1 645 holat;
- - Samarqand viloyati - 981 holat;
- - Toshkent viloyati - 434 holat;
- - Surxondaryo viloyati - 250 holat;
- - Sirdaryo viloyati - 144 holat;
- - Toshkent shahar - 121 holat;
- - Xorazm viloyati - 117 holat;
- - Navoiy viloyati - 99 holat;
- - Qashqadaryo viloyati - 70 holat;
- - Jizzax viloyati - 16 holat;
- - Buxoro viloyati - 2 holat.
Ma’muriy javobgarlikka tortilgan 2 232 ta holat bo‘yicha jami 956 million 887 ming so‘mlik jarima qo‘llangan.
Vazirlikka ko‘ra, o‘rnatilgan onlayn kuzatuv kameralari faqat chiqindi tashlash emas, balki boshqa turdagi ekologiyaga oid qonunbuzarliklarni aniqlash imkonini ham bermoqda.
Mavzuga oid
12:28 / 05.02.2026
Foto va videoqayd orqali aniqlanadigan huquqbuzarliklar ro‘yxati belgilandi
15:30 / 03.02.2026
Samarqandda kuniga 500 tonna chiqindi saralaydigan stansiya quriladi
18:01 / 02.02.2026
«Layk» to‘plash maqsadida qilingan huquqbuzarlik uchun javobgarlik joriy etilishi mumkin
16:44 / 28.01.2026