Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Davlat auditi” dasturida ro‘yxatga olinmagan tekshiruvlar noqonuniy deb topiladi
Adliya vazirligi tomonidan “Davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari tomonidan Hisob palatasining ‘Davlat auditi’ dasturiy kompleksidan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, “Davlat auditi” dasturida ro‘yxatga olinmagan nazorat (audit) tadbirlari noqonuniy hisoblanadi.
“Davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari tomonidan O‘zbekiston Hisob palatasining “Davlat auditi” dasturiy kompleksidan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizomga ko‘ra, “Davlat auditi” dasturidan foydalanishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
nazorat (audit) tadbirlarini ro‘yxatga olish;
davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlarining yillik ish rejalariga kiritiladigan nazorat (audit) tadbirlarini majburiy tartibda Hisob palatasi bilan kelishish.
“Davlat auditi” dasturida quyidagilar foydalanuvchi sub’yektlar sifatida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ularga quyidagi kirish huquqlari beriladi:
davlat moliyaviy nazorat organlari hamda davlat organlari va tashkilotlarining rahbari va o‘rinbosari uchun – “tasdiqlovchi” huquqi;
davlat moliyaviy nazorat organlari hamda davlat organlari va tashkilotlari rahbari o‘rinbosari, tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari uchun – “ma’qullovchi” huquqi;
davlat moliyaviy nazorat organlari hamda ichki audit xizmati xodimlari (2 nafargacha) uchun – “operator” huquqi;
davlat moliyaviy nazorat organlari hamda ichki audit xizmatining “operator” huquqi berilmagan xodimlari uchun – “foydalanuvchi” huquqi.
Davlat moliyaviy nazorat organlari hamda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan “Davlat auditi” dasturida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Hisob palatasiga so‘rovnoma taqdim etiladi.
Nizomga muvofiq, “Davlat auditi” dasturida ro‘yxatga olinmagan nazorat (audit) tadbirlari noqonuniy hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:58 / 06.05.2026
Fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
18:34 / 09.04.2026
Soliq nazorati tadbiri videotasvirga olinadi
11:17 / 06.04.2026