Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
O‘zbekistonning bir nechta hududlarida 2-3 ball sezilish kuchi qayd etildi.
Foto: Shutterstock
Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida 14 noyabr kuni soat 16:57 da 3,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
Zilzila 10 km chuqurlikda yuzaga kelgan, epimarkaz Toshkent shahridan 328 km janubi-sharqda joylashgan.
Yer silkinishi Andijon viloyatining bir nechta hududlarida sezildi:
- Qo‘rg‘ontepa tumani — 2–3 ball (episentrdan 23 km)
- Xonobod tumani — 2–3 ball (23 km)
- Xo‘jaobod tumani — 2 ball (33 km)
- Jalaquduq tumani — 2 ball (36 km)
Zilzila epimarkazida sezilish kuchi 4 ball bo‘lgani ma’lum qilindi.
Jabrlanganlar va talafotlar haqida xabar berilmadi.
Mavzuga oid
14:16 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari strategik sheriklik masalalarini muhokama qildi
17:45 / 13.05.2026
Qirg‘iziston MXDQ sobiq rahbari Tashiyevning ishi maxfiylashtirilib, sudga yuborildi
08:28 / 12.05.2026
Chegara orqali narkotik tashish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi
18:42 / 08.05.2026