Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada avtomobillar narxi rekord darajaga yetdi
Rossiyada yengil avtomobil uchun o‘rtacha narx 3,43 mln rublgacha ko‘tarildi. Mutaxassislar bu holatni QQSning ehtimoliy oshirilishi va utilizatsiya yig‘imi qoidalari o‘zgarishi bilan bog‘lamoqda.
Rossiyada yangi yengil avtomobilning o‘rtacha narxi 2025 yil oktyabri yakunlari bo‘yicha 3,43 mln rublni tashkil etdi — bu bozor kuzatuvlari tarixi davomidagi eng yuqori ko‘rsatkich, deya xabar berdi «Avtostat» tahliliy agentligi 13 noyabr kuni o‘z saytida.
Mualliflar qayd etishicha, Rossiyada yangi yengil avtomobillarning «o‘rtacha narxi» 15 oydan buyon 3 mln rubldan yuqori darajada saqlanib kelmoqda. Ta’kidlanishicha, ushbu ko‘rsatkich distribyutor tavsiya qiladigan o‘rtacha narxlar va har bir modelning modifikatsiyalarini hisobga olgan holda sotuv hajmlari asosida hisoblab chiqiladi.
Kuzatuvchilar ushbu tendensiyani Rossiyada utilizatsiya yig‘imi va QQS miqdorini oshirish rejalari tufayli avtomobil narxlari ko‘tarilishi kutilayotgan sharoitda yuzaga kelgan yuqori talab bilan bog‘lamoqda.
«Kommersant» gazetasi esa «Avilon» kompaniyasining chakana savdo direktori Ilya Petrov fikrini keltiradi. U Rossiyada avtomobillarning o‘rtacha narxi o‘sishini bozorda qimmatroq modellar ulushining oshishi bilan izohlaydi — ham parallel import orqali keltiriladigan avtomobillar, ham Xitoy brendlari model qatorlari hisobiga.
«Avtostat»ning dastlabki baholariga ko‘ra, oktyabr oyida ishlatilgan avtomobillar (haydalgan mashinalar) uchun o‘rtacha narx ham misli ko‘rilmagan darajaga — 1,23 mln rublga yetdi. Nashrda ta’kidlanishicha, ushbu toifadagi mashinalar uchun ko‘rsatkich bozor hajmlari model va ishlab chiqarilgan yil bo‘yicha hisobga olingan, ammo modifikatsiyalarsiz hisoblanadi.
«Rolf» kompaniyasining yangi avtomobillar savdosi departamenti direktori Nikolay Ivanovning fikricha, «yil oxirigacha avtomobil narxlari yana o‘sadi». «Biroq avtomobilning yakuniy qiymati keskin emas, taxminan 3–4 foiz doirasida o‘sadi», — deya prognoz berdi Ivanov «Kommersant» gazetasiga.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
17:21 / 17.06.2026
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
09:20 / 17.06.2026