Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bosh rejaga zid qurilish loyihalari avtomatik rad etiladi
Bundan buyon my.gov.uz portali orqali qurilishga ruxsat olish uchun ariza berilganda, loyihadagi binoning asosiy parametrlari, xususan necha qavat ekanini ham ko‘rsatish kerak. Kiritilgan ma’lumotlar bosh reja bilan avtomatik solishtiriladi va nomuvofiqlik aniqlansa, arizani ko‘rib chiqish rad etiladi.
Toshkentda qurilishga ruxsat olish uchun loyiha-smeta hujjatlarini topshirish jarayoni shahar bosh rejasi talablari bilan integratsiya qilindi.
YaIDXP xabariga ko‘ra, endilikda buyurtmachilar my.gov.uz portali orqali Toshkent shahri bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini kelishish uchun ariza yuborayotganda quyidagi ma’lumotlarni ham kiritishlari lozim:
- binolar soni;
- qavatlar soni;
- qurilish maydoni;
- umumiy maydon.
Kiritilgan ma’lumotlar inson omilisiz, “Shaffof qurilish” tizimi orqali Toshkent shahrining bosh rejasidagi shaharsozlik me’yorlari bilan avtomatik tarzda solishtiriladi.
Agar ko‘rsatkichlar Toshkent shahrining bosh rejasi talablariga mos kelsa, ariza keyingi bosqichga o‘tadi. Aksincha bo‘lsa, ariza yuborilmaydi va bu haqda foydalanuvchiga xabar beriladi.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026