Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlarga qo‘yiladigan yangi talablar tasdiqlanadi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlarni toifaga ajratish mezonlari, ularning moliyaviy hisoboti va auditiga qo‘yiladigan talablar hamda reyestrni shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini e’lon qildi.
Nizomga ko‘ra:
- jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar toifasiga kiritish mezonlari belgilab qo‘yiladi;
- bunday tashkilotlar 2026 yil 1 yanvardan boshlab bosqichma-bosqich Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida buxgalteriya hisobi yuritadi va moliyaviy hisobot tuzadi;
- jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlarning yillik moliyaviy hisoboti tegishli tartibda auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshiriladi va auditning xalqaro standartlariga muvofiq auditorlik xulosasi rasmiylashtiriladi;
- jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar reyestri maxsus vakolatli davlat organi tomonidan elektron shaklda yuritiladi hamda har yili Hukumat portali yagona platformasi va Ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtiriladi.
Shuningdek, Nizomda jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar tomonidan:
- moliyaviy hisobotlar va konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni,
- auditorlik xulosalarini
- oraliq elektron platformalar orqali oshkor qilib borish majburiyati nazarda tutilgan.
Qayd etilishicha, moliyaviy hisobot va auditorlik xulosalarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki oshkor qilmaslik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:54 / 14.03.2026
Hududlar kesimida korxona va tashkilotlar soni ochiqlandi
08:50 / 14.11.2025
O‘zbekistonda qariyb yarim million korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda
17:50 / 30.10.2024
2025 yil uchun davlat budjeti: qaysi tashkilotga qancha pul ajratiladi?
16:40 / 11.11.2018