Ayollar masalalari bilan şuğullanişni tanlagan jamoat institutlari hamda ayollar tomonidan taşkil etilayotgan va boşqarilayotgan taşkilotlarni ayollar taşkilotlari deyiş mumkin. Şuningdek, Özbekistonda bunday taşkilotlarni ayollar, bolalar va oilalar himoyasi hamda manfaatlarini ta'minlaşga qaratilgan faoliyat olib boruvçi taşkilotlar sifatida tuşuniladi. “Ayollar harakati” tuşunçasi esa ayollar, ayollar guruhlari va taşkilotlarining turli qatlamdagi ayollar manfaatlarini ilgari suruvçi va gender munosabatlarga oid tizimni takomillaştirişga yönaltirilgan ijtimoiy, madaniy va siyosiy faoliyatini özida mujassam etadi. KUN.UZ muxbiri Xotin-qizlar qömitasining Özbekistonda ayollar taşkilotlari faoliyatiga doir taqdim etgan ma'lumotlariga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
Ayollar va oila masalalariga ixtisoslaşgan NNTlar
Özbekistonda 500 dan ortiq ayollar nodavlat notijorat taşkiloti (NNT) faoliyat yuritadi. Ularning eng yiriklari quyidagilar:
- 214 hududiy bölinmasiga ega Özbekiston xotin-qizlar qömitasi: 14 ta – viloyat, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Toşkent şahri miqyosida va 200 ta – tuman va şahar miqyosida;
- 57 hududiy bölinmasiga ega “Tadbirkor ayol” Özbekiston Işbilarmon ayollar uyuşmasi;
- 1 respublika va 3 hududiy bölinmasiga ega Özbekiston xotin-qizlarining “Olima” uyuşmasi.
Mamlakatning 8 hududida Xotin-qizlar qömitasi bilan taşkil etilgan Ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy-huquqiy qöllab-quvvatlaş markazlari faoliyat yuritadi.
Bundan taşqari, Özbekistonda 300 dan ziyod NNT ayollar, yoşlar va bolalarni qöllab-quvvatlaşga yönaltirilgan işlarni olib boradi.
Faoliyat, yönalişlar va maqsadli guruhlar
Özbekiston xotin-qizlar qömitasi tahlillariga köra, sönggi vaqtlarda ayollar NNTlari quyidagi asosiy yönalişlarda faoliyat yuritadi:
- Ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş – 54 foiz;
- Ayollar va aholining huquqiy bilimi va madaniyatini oşiriş – 49 foiz;
- Ayollar va ularning oilalari salomatligi, nogironligi bölgan kişilar, sportni rivojlantiriş – 44 foiz;
- Fan va ta'lim – 14 foiz;
- Atrof-muhit muhofazasi.
Maqsadli guruhlar haqida gap ketganda, ayollar NNTlari deyarli barça ijtimoiy qatlamlar bilan işlaydi. Eng asosiy maqsadli guruh vakili – ona, uning oilasi va tadbirkor ayol. Şuningdek, nogironligi bölgan ayollar, oilasida şunday kişilar bölgan ayollar, odam savdosi qurbonlari kabi alohida guruhlar ham mavjud.












