Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda qariyb yarim million korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 noyabr holatiga O‘zbekistonda 465,9 mingta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning qariyb 85 foizini kichik korxonalar va mikrofirmalar tashkil etadi, eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda qariyb yarim million korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 1 noyabr holatiga mamlakatda 465,9 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shundan 395,8 mingtasi yoki 84,9 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o‘rni yuqori ekanini ko‘rsatadi.
Faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni bo‘yicha top-5 hudud quyidagicha:
- Toshkent shahri – 106 944 ta;
- Toshkent viloyati – 45 197 ta;
- Samarqand viloyati – 40 147 ta;
- Farg‘ona viloyati – 37 466 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 29 835 ta.
Keltirilgan raqamlardan ko‘rinib turibdiki, poytaxt va aholisi zich hududlar tadbirkorlik sub’yektlari soni bo‘yicha avvalgi qatorlarda qolmoqda.
Mavzuga oid
14:30 / 11.12.2025
Korxonalarda issiqlik xo‘jaligini yuritish bo‘yicha yangi me’yorlar joriy etiladi
13:30 / 11.12.2025
Yangi uylar soni bo‘yicha Namangan, Toshkent va Surxondaryo yetakchilik qilmoqda
14:40 / 10.12.2025
Statistika: O‘zbekiston aholisining asosiy qismi xususiy hovlilarga ega
12:08 / 10.12.2025