Jamiyat | 19:47 / 15.11.2025
2821
1 daqiqa o‘qiladi

Yakkasaroy tumanidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘in sababi aniqlanmoqda.

Foto: Videodan kadr

15 noyabr kuni soat 16:44 da Toshkent shahar FVBga Toshkent shahar Yakkasaroy tumani, Yakkasaroy 1-tor ko‘chasida joylashgan shaxsiy xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tushgan.

Qayd etilishicha, yong‘in-qutqaruv texnikalari manzilga soat 16:55 da yetib borgan.

“Yong‘in 17:06 da qurshab olindi, soat 17:11 da o‘chirildi. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.

Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid