O‘zbekiston | 12:44 / 17.11.2025
1349
2 daqiqa o‘qiladi

Oziq-ovqat mahsulotlariga sanitariya xulosasi 3 yilga beriladi

Hukumat qarori bilan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish bo‘yicha davlat xizmati ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Endi sanitariya xulosasi 3 yil muddatga beriladi va ariza my.gov.uz orqali ham rasmiylashtirilishi mumkin.

Foto: Getty Images

Hukumat qarori bilan “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga ko‘ra, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa 3 yil muddatga beriladi.

Shu bilan birga:

  • chetdan olib kelinayotgan mahsulotga xulosa mahsulotning yaroqlilik davriga,
  • yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan mahsulotga esa muddatsiz tarzda rasmiylashtiriladi.

Sanitariya-epidemiologik xulosa quyidagi holatlarda olinishi lozim:

  • yangi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganda;
  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibi o‘zgarganda;
  • ishlab chiqarish texnologik jarayoni, konstruksiya yoki jamlanmalarda o‘zgarishlar bo‘lganda;
  • tajriba tariqasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga;
  • respublika hududiga olib kiriladigan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga;
  • amaldagi sanitariya-epidemiologik xulosaning muddati tugaganda.

Ariza beruvchilar ushbu davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markazi orqali shaxsan murojaat qilib yoki elektron tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali foydalanishlari mumkin.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi xulosani QR-kod orqali tasdiqlaydi va uni 1 ish kunida ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuborishi belgilab qo‘yilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid