Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Shovot–Toshhovuz” qo‘shma chegaraoldi savdo zonasi ishga tushirildi
Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng “Shovot–Toshhovuz” qo‘shma chegaraoldi savdo zonasini ochish marosimida ishtirok etdi. Yangi savdo hududi Xorazm va Toshhovuz viloyatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov “Shovot–Toshhovuz” qo‘shma chegaraoldi savdo zonasini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.

Mazkur hududda direksiya, bojxona, karantin, fitosanitariya va veterinariya xizmatlarining ma’muriy binolari, savdo paviloni va omborlar joylashgan.
Zonada “yagona darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Shuningdek, interfaol tizimlar, bank, tibbiyot va mehmonxona xizmatlari uchun zarur infratuzilma, katta avtoturargoh ham tashkil etilgan.


Yangi savdo zonasi umumiy aholisi 3,5 milliondan ziyod bo‘lgan ikkita muhim hudud – O‘zbekistonning Xorazm viloyati va Turkmanistonning Toshhovuz viloyati o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Mavzuga oid
15:41
BAA kompaniyalari O‘zbekistonda yangi quyosh, shamol va GES loyihalarini amalga oshiradi
13:20
O‘zbekiston 2035 yilga qadar zararli gazlar emissiyasini 50 foizga qisqartirish majburiyatini oldi
13:20
2030 yilgacha 17 ming MVtdan ortiq «yashil» energiya quvvatlari ishga tushiriladi
13:18