Sport | 12:11 / 18.11.2025
14247
10 daqiqa o‘qiladi

Germaniya revansh oldi va mundialga chiqdi

Nemis mashinasi slovaklarga hech qanday imkon qoldirmadi: Germaniya va Niderlandiya JCh-2026’​​ning 33 va 34-ishtirokchisiga aylandi.

Foto: Global Look Press

17 noyabr oqshomida JCh-2026 Yevropa saralashida yana uch guruhda guruh o‘yinlari yakunlandi va ikki jamoa mundial yo‘llanmasini rasmiylashtirdi. Yana ikki jamoani o‘tish o‘yinlari kutmoqda.

A guruhi

Germaniya – Slovakiya 6:0
Gollar:
Voltemade, 18 (1:0). Gnabri, 29 (2:0). Sane, 36 (3:0). Sane, 41 (4:0). Baku, 67 (5:0). Uedraogo, 79 (6:0)
Germaniya: Baumann, Ta, Shlotterbek (Tshau, 64), Raum (Braun, 72), Kimmih (Baku, 64), Pavlovich (Nmecha, 46), Goretska, Gnabri, Virs (Uedraogo, 77), Sane, Voltemade
Slovakiya: Dubravka, Obert, Shkrinyar, Gansko, Dember (Shatka, 46), Lobotka, Duda (Shrans, 46), Bero (Rigo, 24), Sauer, Dyurish (Pekarik, 82), Strelets (Bobchek, 67)
Ogohlantirishlar: Ta, 70. Tshau, 70

Germaniya milliy jamoasi birinchi turda kutilmaganda Slovakiyaga yutqazib qo‘ygandi (0:2). Shu tufayli Yulian Nagelsman jamoasi keyingi to‘rt o‘yinda g‘alabali seriya qayd etganiga qaramay, oxirgi turgacha JCh-2026 yo‘llanmasini rasmiylashtira olmagandi. Javob uchrashuvida nemislarni durang ham qoniqtirgan bo‘lardi, ammo ular slovaklarga rahm qilib o‘tirmadi. Germaniya eng yirik g‘alabasini shu raqibga qarshi o‘yinda qayd etdi – 6:0.

Mezbonlar birinchi bo‘limdayoq to‘rtta gol urishdi, Nik Voltemade terma jamoadagi qatorasiga uchinchi o‘yinda nomini tabloga yozdirib qo‘ydi, «Galatasaroy» dubli Leroy Sane dubl qayd etdi, Serj Gnabri, Ridle Baku va 19 yoshli Assan Uedraogo (debyut o‘yinida va maydonga tushganidan ikki daqiqa o‘tib) bittadan gol urishdi. «Liverpul»da moslasha olmayotgani uchun tanqidga uchrayotgan Florian Virs Sanening ikki goliga assistentlik qildi. Germaniya 1954 yildan buyon uzluksiz ravishda jahon chempionatlariga chiqib kelmoqda va 2026 yil yozida ham katta natijalarni ko‘zlagan. Slovakiyada ham jahon chempionatiga yo‘llanma olish uchun imkoniyat saqlanib qolmoqda. Ammo buning uchun o‘tish o‘yinlarida ikki o‘yinda g‘alaba qozonish kerak bo‘ladi.

Shimoliy Irlandiya – Lyuksemburg 1:0
Gol:
Donli, 44 – penalti (1:0)
Shimoliy Irlandiya: Hazar, Makneyr, Braun, Makkonvill, Gelbreyt, Layons (Smit, 53), Makdonnell (Magennis, 67), Lyuis (Kelli, 82), Bredli (Devlin, 46), Donli (Marshall, 67), Prays
Lyuksemburg: Mori, Korats, Karlson, Yans, M. Martins (Dzogovich, 87), Olesen (Moreyra, 67), K. Martins, Barreyru, Dardari (Avdusinovich, 67), Till (Muratovich, 80), Sinani
Ogohlantirishlar: Makkonvill, 81. Smit, 85. Hazar, 90. Makneyr, 90 – Mori, 43. Korats, 56. Sinani, 85. Moreyra, 90. Yans, 90. Barreyru, 90

Shimoliy Irlandiya allaqachon ikkinchi o‘rin uchun ham imkoniyatni yo‘qotgandi va so‘nggi tur jamoalar uchun quruq rasmiyatchilikka aylandi. «Omadsizlar derbisi»da mezbonlar g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘yindagi yagona golni 44-daqiqada Jyeymi Donli penaltidan urdi. Shimoliy Irlandiya 1986 yildan buyon jahon chempionatlaridan qolib ketmoqda. Ammo Millatlar Ligasidagi yaxshi ishtiroki tufayli ushbu jamoada ham turnirga saralanish uchun so‘nggi imkon bo‘ladi – o‘tish o‘yinlari orqali.

G guruhi

Niderlandlar ham hal qildi

Niderlandiya – Litva 4:0
Gollar:
Reynders, 16 (1:0). Gakpo, 58 – penalti (2:0). Simons, 60 (3:0). Malen, 62 (4:0)
Niderlandiya: Verbryuggen, van Deyk, de Ligt, Ake, Yu. Timber (Gertreyda, 64), Simons (Valente, 78), de Yong (K. Timber, 63), Reynders, Gakpo (Lang, 79), Malen, Depay (Emega, 63)
Litva: Gertmonas, Tutyshkinas, Utkus, Shirvis (Beneta, 46), Lasitskas (Upstas, 85), Armalas, Gineytis, Sirgedas (Golubikas, 46), Vorobev, Kalinauskas (Burba, 81), Chernix (Paulauskas, 59)
Ogohlantirishlar: Shirvis, 23. Paulauskas, 84

O‘tgan turda polyaklar bilan o‘yinda durang qayd etib, muddatidan oldin yo‘llanmani hal qila olmagach, niderlandlar ustozi Ronald Kuman tanqidlar ostida qolgandi. Chunki nazariy jihatdan, so‘nggi turda jamoa birinchi o‘rinni boy berishi mumkin edi: buning uchun jamoa Litvaga yirik hisobda mag‘lub bo‘lishi va Polsha o‘z o‘yinida yirik hisobda g‘alaba qozonishi talab etilardi. Amalda esa niderlandlar so‘nggi turda xotirjamlik bilan vazifani hal qildi.

Teyani Reynders birinchi bo‘limdayoq hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda esa Kodi Gakpo, Xavi Simons va Doniell Malen bittadan gol urib, «Yoxan Kruiff Arena»ga yig‘ilgan muxlislarni xursand qildi. Ayniqsa, Simonsning goli juda chiroyli chiqdi: u raqib himoyachisini ikki bor aldab o‘tdi va olis burchakni aniq nishonga oldi.

Malta – Polsha 2:3
Gollar:
Levandovski, 32 (0:1). Kardona, 36 (1:1). Vsholek, 59 (1:2). Teuma, 68 – penalti (2:2). Zelinski,
85 (2:3)
Malta: Bonello, Ments (Buxagyar, 87), Shou, Kamenzuli, Muskat (Korbalan, 54), Giyome, Satariano, Teuma (Pepe, 77), Shuaref, D. Mbong (Overend, 46), Kardona (P. Mbong, 77)
Polsha: Dragovski, Visnevski (Bereshinski, 77), Kendzera, Kivyor, Skuras, Vsholek (Kapustka, 77), Zelinski, Slish (Grositski, 77), Zalevski (Sviderski, 46), Kaminski (Rozga, 90+1), Levandovski
Ogohlantirishlar: Teuma, 45. Satariano, 49 – Visnevski, 5. Zalevski, 17

Yuqorida aytilganidek, Polshaning JChga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma qo‘lga kiritish imkoniyati faqat nazariy jihatdan mavjud edi. Malta bilan uchrashuvning birinchi bo‘limidan keyin esa jamoa o‘tish o‘yinlari orqali yo‘llanmaga ega bo‘lish imkoniyati ham juda pastligi ko‘rinib qoldi. Robert Levandovski 32-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa-da, maltaliklar darhol javob golini urishdi. Tanaffusdan keyin jamoalar yana bittadan gol almashishdi: Pavel Vsholekning aniq zarbasiga mezbonlar yarimhimoyachisi Teddi Teum penaltidan urilgan gol bilan javob qaytardi. 11 metrlik jarima zarbasi belgilanishidan oldin noyob holat kuzatildi: polyaklar uchinchi golni urishgandi, ammo bosh hakam Igor Payach VAR xonasidagilardan mehmonlarning golli hujumi boshlanishidan oldin jarima maydonida fol ishlatilgani haqida xabar oldi. Arbitr Karol Sviderskining golini bekor qildi va Malta uchun penalti belgiladi.

Ammo polshaliklar baribir saviya hisobiga g‘alabani ilib ketdi. O‘yinning 85-daqiqasida Pyotr Zelinski mehmonlarga g‘alaba keltiruvchi golni urdi – 3:2. Oldinda polyaklarni o‘tish o‘yinlari kutmoqda, ular 2022 yilgi mundialga ham qo‘shimcha saralash orqali yo‘l olishgandi.

L guruhi

Xorvatcha kambek

Chernogoriya – Xorvatiya 2:3
Gollar:
Osmaich, 3 (1:0). Krstovich, 17 (2:0). Perishich, 37 – penalti (2:1). Yakich, 72 (2:2). Vlashich, 87 (2:3)
Chernogoriya: Nikich, Rubejich (Perovich, 46), Tutsi, Marushich, Veshovich (Shipchich, 77), Lonchar (Vukotich, 62), Bulatovich (Brnovich, 77), Osmaich, Yankovich, Krstovich, Yovetich (Adjich, 62)
Xorvatiya: Livakovich, Chaleta-Tsar (Stanishich, 46), Shutalo, Gvardiol (Pongrachich, 46), Yakich, Moro, Pashalich, Vlashich, Perishich (Modrich, 78), Ivanovich (Kramarich, 55), Matanovich (Musa, 59)
Ogohlantirishlar: Lonchar, 30. Rubejich, 36. Osmaich, 70 – Pashalich, 29

Bu guruhda so‘nggi tur quruq rasmiyatchilikka aylandi. Xorvatlar allaqachon guruhda birinchi o‘rin masalasini hal qilgan, chernogoriyaliklar esa so‘nggi tur o‘yinlari natijalaridan qat’i nazar, uchinchi o‘rindan yuqori ko‘tarila olmasdi. Ammo, aytish mumkinki, Chernogoriyada motivatsiya borasida muammo yo‘q edi. Birinchidan, Yugoslaviya bo‘yicha sobiq qo‘shniga qarshi o‘yin doim alohida ahamiyat kasb etgan. Ikkinchidan, futbolchilar keyingi sikl uchun o‘zini ko‘rsatishi kerak edi.

Mezbonlar ilk daqiqalardan tashabbusni qo‘lga olishdi va 17-daqiqagacha ikki gol urishdi. 3-daqiqadayoq Milutin Osmaich hisobni ochdi, keyin esa Nikola Krstovich chiroyli va aniq zarba yo‘lladi.

Ammo Xorvatiya yutqazishga o‘rganmagan. Bo‘lim davomida «shashkachilar» Ivan Perishichning penaltidan urgan goli orqali hisobni qisqartirdi, tanaffusda Zlatko Dalich himoya chizig‘ini yangiladi va ikkinchi bo‘limda boshqa gol o‘tkazilmadi. Mehmonlar to‘liq kuch bilan hujumga o‘tishdi va avvaliga Yakichning aniq zarbasi bilan hisobni tenglashtirishdi. Modrich zaxiradan o‘yinga qo‘shilganidan keyin esa Xorvatiya g‘alabani ilib ketdi. Nikola Vlashich qarshi hujumni chiroyli gol bilan yakunladi. Sakkiz turda 22 ochko – Xorvatiya JCh-2026 saralashini mag‘lubiyatsiz yakunladi.

Chexiya – Gibraltar 6:0
Gollar:
Dudera, 5 (1:0). Xori, 18 (2:0). Tsoufal, 32 (3:0). Karabets, 39 (4:0). Souchek, 44 (5:0). Granach, 51 (6:0)
Chexiya: Kovarj, Granach, Zeleni (Xaloupek, 68), Yurasek, Tsoufal, Beran (Cherv, 58), Souchek (Sadilek, 68), Shik (Xitil, 88), Karabets, Dudera, Xori (Danek, 57)
Gibraltar: Xenkins, Lopesh, Olivero (Makklafferti, 46), Mauro, Jolli, Torilya (Perera, 85), Pozo (Bent, 69), Ronan, Skenlon, Del Rio (Vaynet, 76), Bartolo (Morgan, 85)
Ogohlantirish: Ronan, 49

Chexlar o‘tgan turdayoq jahon chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmadan umid uzib bo‘lgandi. Shuning uchun, Gibraltarga qarshi o‘yin Ivan Gashek shogirdlari uchun yarim o‘rtoqlik maqomidagi o‘yinga aylandi. Lekin Chexiya baribir maydonga optimal tarkibda chiqib keldi va Gibraltarni ayab o‘tirmadi. Mezbonlar jiddiy qarshilikka uchramadi va o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Jyeylen Xenkins darvozasiga oltita gol yo‘llashdi. Chexiya endi o‘tish o‘yinlari uchun qur’ani kutmoqda.

Shu tariqa, JChga yo‘l olgan jamoalar soni 34 taga yetdi. Yana 14 ta yo‘llanma qoldi

  1. AQSh (mezbon)
  2. Meksika (mezbon)
  3. Kanada (mezbon)
  4. Yaponiya
  5. Yangi Zelandiya
  6. Eron
  7. Argentina
  8. O‘ZBeKISTON (debyut)
  9. Janubiy Koreya
  10. Iordaniya (debyut)
  11. Avstraliya
  12. Braziliya
  13. Ekvador
  14. Urugvay
  15. Kolumbiya
  16. Paragvay
  17. Marokash 
  18. Tunis 
  19. Misr
  20. Jazoir 
  21. Gana 
  22. Kabo-Verde (debyut)
  23. Janubiy Afrika Respublikasi 
  24. Qatar 
  25. Angliya 
  26. Saudiya Arabistoni 
  27. Kot-d'Ivuar 
  28. Senegal 
  29. Fransiya 
  30. Xorvatiya 
  31. Portugaliya
  32. Norvegiya
  33. Germaniya
  34. Niderlandiya

Mavzuga oid